https://oz.sputniknews.uz/20240219/ozbekiston-qozogiston-ozaro-tovar-ayirboshlash-42565197.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2,5 baravarga oshirish niyatida
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2,5 baravarga oshirish niyatida
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif bilan Ostonada bo‘lib turibdi. 19.02.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-02-19T15:27+0500
2024-02-19T15:27+0500
2024-02-19T16:09+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
savdo
o‘zbekiston tiv
baxtiyor saidov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/13/42565488_17:78:1158:720_1920x0_80_0_0_7de7d21c113c3c711ecedd81ce4fd622.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2,5 baravarga – 10 milliard dollargacha oshirish niyatida, deya xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Murat Nurtleuning so‘zlariga ko‘ra, sanoat kooperatsiyasi sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi.Shuningdek, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ikki barobarga oshganini ta’kidlaydi.Bundan tashqari, tashqi ishlar idoralari rahbarlari o‘rtasida quyidagi masalalar muhokama qilindi: ikki davlatning transport-tranzit salohiyatini oshirish, chegara hududlarida joylashgan o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish, ularning o‘tkazish imkoniyatini kengaytirish, bojxona va boshqa xizmatlarni raqamlashtirish.Qayd etilishicha, vazir Saidov Qozog‘istonga ilk bor rasmiy tashrif bilan keldi.
https://oz.sputniknews.uz/20240202/aripov-qozogiston-bosh-vaziri-bilan-uchrashdi-muhokama-etilgan-masalalar-42306059.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/13/42565488_149:81:1000:720_1920x0_80_0_0_3577261ea7c22a385d041220bad12bd3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, savdo, o‘zbekiston tiv, baxtiyor saidov
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, savdo, o‘zbekiston tiv, baxtiyor saidov
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2,5 baravarga oshirish niyatida
15:27 19.02.2024 (yangilandi: 16:09 19.02.2024) O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif bilan Ostonada bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2,5 baravarga – 10 milliard dollargacha oshirish niyatida, deya xabar berdi
Sputnik Qozog‘iston. Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Murat Nurtleuning so‘zlariga ko‘ra, sanoat kooperatsiyasi sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi.
“Ayni paytda 156 million dollarlik 12 ta qo‘shma loyiha ishga tushirildi. Shuningdek, qiymati qariyb 1 milliard dollarga teng 21 ta loyiha ishlab chiqilmoqda. Endi navbatdagi muhim bosqichlardan biri bu erishilgan urg‘uni yo‘qotmasdan, tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishdir”, — dedi Nurtleu.
Shuningdek, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ikki barobarga oshganini ta’kidlaydi.
“Iqtisodiy va savdo aloqalari munosabatlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Qozog‘iston bizning Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo hamkorimizdir. So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar oshdi. Yaqinda bu ko‘rsatkichni yana 2-3 barobar oshirish yo‘llarini muhokama qildik”, — dedi Baxtiyor Saidov.
Bundan tashqari, tashqi ishlar idoralari rahbarlari o‘rtasida quyidagi masalalar muhokama qilindi: ikki davlatning transport-tranzit salohiyatini oshirish, chegara hududlarida joylashgan o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish, ularning o‘tkazish imkoniyatini kengaytirish, bojxona va boshqa xizmatlarni raqamlashtirish.
“Barchangiz bilasizki, iqlim o‘zgarishi fonida suv resurslaridan foydalanish masalalari ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Shu bois Markaziy Osiyodagi transchegaraviy darolar suvlarini oqilona boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining huquqiy va tarkibiy asoslarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdik”, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.
Qayd etilishicha, vazir Saidov Qozog‘istonga ilk bor rasmiy tashrif bilan keldi.