https://oz.sputniknews.uz/20240218/markaziy-bank-400-ming-som-soxta-banknota-42550812.html
Markaziy bank fuqarolarni 400 ming so‘mlik soxta banknotalarga aldanib qolmaslikka chaqirdi
Markaziy bank fuqarolarni 400 ming so‘mlik soxta banknotalarga aldanib qolmaslikka chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda 400 ming so‘mlik banknotaning rasmlari tarqalmoqda.
2024-02-18T15:26+0500
2024-02-18T15:26+0500
2024-02-18T15:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
markaziy bank
pul
qalbaki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/12/42550931_0:159:1080:767_1920x0_80_0_0_ec84bce5b9e520d3ede028946d539f2a.jpg
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 400 000 so‘m nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emas, deya xabar berdi Markaziy bank.Qayd etilishicha, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda 100 ming so‘mlik banknotning nominali ko‘rsatilgan raqamlarini 400 ming raqamiga o‘zgartirilgan holatidagi rasmlari tarqalmoqda.O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunining 39-moddasiga asosan mamlakat pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank O‘zbekiston hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yil 27-dekabrdan boshlab yangi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupuralar muomalaga chiqarilgan. Banknot old tomoni chap qismida Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan “ICHAN QAL`A” tarixiy muzeyi tasvirlangan.Markaziy bank 1994-yildan boshlab 21 ta banknotani muomalaga kiritgan. Hozirda ulardan 12 tasi muomalada bo‘sa, qolgan 9 tasi muomaladan chiqarilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/12/42550931_0:0:1080:810_1920x0_80_0_0_9f0bc773e735bc641c81f8c3602358a2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank 400 ming so‘mlik soxta banknotalar
markaziy bank 400 ming so‘mlik soxta banknotalar
Markaziy bank fuqarolarni 400 ming so‘mlik soxta banknotalarga aldanib qolmaslikka chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 400 ming so‘mlik banknotaning rasmlari tarqalmoqda.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 400 000 so‘m nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emas, deya xabar berdi
Markaziy bank. Qayd etilishicha, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda 100 ming so‘mlik banknotning nominali ko‘rsatilgan raqamlarini 400 ming raqamiga o‘zgartirilgan holatidagi rasmlari tarqalmoqda.
“Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 400 000 so‘m nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emasligi va fuqarolarimiz bunday yolg‘on xabarlarga aldanib qolmasligini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunining 39-moddasiga asosan mamlakat pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank O‘zbekiston hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yil 27-dekabrdan boshlab yangi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupuralar
muomalaga chiqarilgan. Banknot old tomoni chap qismida Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan “ICHAN QAL`A” tarixiy muzeyi tasvirlangan.
Markaziy bank 1994-yildan boshlab 21 ta banknotani muomalaga kiritgan. Hozirda ulardan 12 tasi muomalada bo‘sa, qolgan 9 tasi muomaladan chiqarilgan.