“Gaz zapravkalarga” qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda — Energetika vazirligi

© xs.uzAvtomobilnaya gazonapolnitelnaya kompressornaya stansiya v Uzbekistane.
Avtomobilnaya gazonapolnitelnaya kompressornaya stansiya v Uzbekistane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2024
Obuna bo‘lish
Barcha benzin “zapravka”larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, respublika hududlarida havo haroratining pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilmoqda.
“Shuni inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida respublikadagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.
AGTKShlar faoliyatiga kiritilgan cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin “zapravka”larga avtobenzin mahsulotlarini qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi.
“Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar imkon qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so‘raymiz”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, gaz "zapravkalar" ish tartibida o‘zgarishlar kuzatilsa ma’lum qilinadi.
Toshkent hokimligi 18-fevral kuni aholini 12 soat davom etadigan kuchli qor yog‘ishidan ogohlantirdi. Qayd etilishicha, yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik meyordan oshadi. Shu munosabat bilan, zaruratsiz uydan chiqmaslik, shaxsiy avtomobillardan foydalanishni minimallashtirish va harakatlanish uchun jamoat transportidan foydalanish tavsiya etildi.
Shuningdek, qor va muz massalari tushishi mumkin bo‘lgan ko‘p qavatli binolar yaqinida yurmaslik, quloqchin taqqan holda tashqariga chiqmaslik, avtomobillarni ko‘p qavatli binolar va daraxtlar tagida qoldirmaslik ham so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0