Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Soch nega ko‘p to‘kiladi — asosiy sabablar

© Fotolia / PetrikMujchina s redeyushey shevelyuroy
Mujchina s redeyushey shevelyuroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2024
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, mazkur jarayon muntazam davom etib, to‘kilgan sochlar o‘rniga yangilari o‘sib chiqishi kerak. Misol uchun, bir kunda o‘rtacha 80-100 tagacha tola to‘kilishi meyordir.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Bugun aksariyat insonlar soch to‘kilishidan qiynaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda ayollarning 75 foizi, erkaklarning 50 foizi aynan shu muammodan aziyat chekmoqda, deb yozadi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Sochlar tez-tez va ko‘p to‘kilishining asosiy sababi nima? Ushbu savolga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Avaz Inoyatov javob berdi.
“Soch – insonning yarim husni. Biroq, uning birlamchi vazifasi chiroy ulashish emas, balki issiq yoki sovuq havodan asrash. Ammo shunga qaramay, sochlarni doim ham saqlab qolishning imkoni yo‘q. Chunki tolalarning muayan umri bor va bu muddat tugagach, ularning to‘kilishi, tabiiy”, — deydi mutaxassis.
Ta’kidlanishicha, mazkur jarayon muntazam davom etib, to‘kilgan sochlar o‘rniga yangilari o‘sib chiqishi kerak. Misol uchun, bir kunda o‘rtacha 80-100 tagacha tola to‘kilishi meyordir.
Ushbu jarayon tezlashib, yangi tolalar o‘sib chiqishi kamaysa, o‘z-o‘zidan xavotirlanishga sabab bo‘ladi. Tolalarni to‘kadigan omillar juda ko‘p. Eng avvalo, bu irsiyat bilan bog‘liq. Agar ota-onalardan birida bunday muammo bo‘lsa, u farzandga ham o‘tishi mumkin.
Shuningdek, ba’zida soch o‘choqli, ya’ni tanga-tanga bo‘lib to‘kilishi yoki umumiy siyraklashishi mumkin. Ayrim erkaklarda esa androgen alopetsiya (tepakallik) uchraydi. Bunday kasallik gormonlar faoliyati buzilishi hamda irsiyat bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, tangali soch to‘kilishi yo‘ldosh kasalliklar hisobiga yuz berishi, gemoglabin kamayganda, homiladorlikda, narkoz olishda va asabiylashganda kuzatilishi mumkin.
Surunkali infeksiyalar, sil, o‘sma kasalliklari, nurlanish, stress, kasb bilan bog‘liq noqulay sharoitlar, noto‘g‘ri parvarish, vitamin va boshqa muhim moddalarning yetishmasligi, ayrim dorilarni qabul qilish hamda oshqozon-ichak traktining patologiyalari ham ushbu muammoni yuzaga chiqaradi.
Ta’kidlanishicha, soch to‘kilishi kishida tushkunlik uyg‘otadi, o‘zidan qoniqmaslik, tortinish hissini kuchaytiradi. Shu bois kishi o‘zida tez-tez soch to‘kilayotganini sezsa, dermatolog-shifokorga murojaat qilishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0