https://oz.sputniknews.uz/20240217/ozbekistonda-6-ta-transchegaraviy-muhofaza-hududini-barpo-etish-masalasi-muhokama-qilindi-42544206.html
O‘zbekistonda 6 ta transchegaraviy muhofaza hududini barpo etish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekistonda 6 ta transchegaraviy muhofaza hududini barpo etish masalasi muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 6 ta transchegaraviy muhofaza hududini barpo etish masalasi muhokama qilindi
2024-02-17T11:33+0500
2024-02-17T11:33+0500
2024-02-17T11:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ekologiya
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
aziz abduhakimov
samarqand
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/11/42544043_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_63d48299311853a3beeeb0250028228b.jpg
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Jahon bankining Atrof-muhit, tabiiy resurslar va moviy iqtisodiyot bo‘yicha global direktori Valerie Hiskey bilan uchrashdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda barqaror yashil iqlim borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Valerie Hiskey Jahon banki ilk marotaba ko‘chib yuruvchi turlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiyada ishtirok etayotganligini va Samarqandga kelganidan juda mamnunligini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarning yo‘qolib ketayotgan turlarini qayta tiklash borasida muhim ishlar qilinayotganini ta’kidladi.Shu bilan birga, uchrashuvda chiqindilarni boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlar alohida qayd etildi.O‘z navbatida Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda soha oldiga qo‘yilgan maqsadlar, xususan, chiqindilarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, aylanma iqtisodiyotni tatbiq etish va “nol chiqindi” tamoyilining muhimligi haqida so‘z yuritdi.Uchrashuv davomida 6 ta transchegaraviy muhofaza qilinadigan hududlarni barpo etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Bu loyiha noyob turdagi hayvonlarni qo‘riqlash, asrash bilan birga ekoturizmni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi.Yakunda chiqindi sohasida yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish, sohaga Jahon banki tomonidan investitsiyalarni olib kirish hamda grantlar ajratilishi borasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20240215/ozbekiston-suvli-botqoqli-erlar-muhofaza-milliy-strategiya-42507032.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/11/42544043_83:0:1244:871_1920x0_80_0_0_558b90784f934bb28ddbfbd067767935.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda 6 ta transchegaraviy muhofaza hududini barpo etish masalasi muhokama qilindi
o‘zbekistonda 6 ta transchegaraviy muhofaza hududini barpo etish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekistonda 6 ta transchegaraviy muhofaza hududini barpo etish masalasi muhokama qilindi
Uchrashuvda barqaror yashil iqlim borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Jahon bankining Atrof-muhit, tabiiy resurslar va moviy iqtisodiyot bo‘yicha global direktori Valerie Hiskey bilan uchrashdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda barqaror yashil iqlim borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Valerie Hiskey Jahon banki ilk marotaba ko‘chib yuruvchi turlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiyada ishtirok etayotganligini va Samarqandga kelganidan juda mamnunligini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarning yo‘qolib ketayotgan turlarini qayta tiklash borasida muhim ishlar qilinayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, uchrashuvda chiqindilarni boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlar alohida qayd etildi.
“O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish sohasiga katta e’tibor qaratilyapti. Bu esa maqsadlarimiz mushtarak ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish va ularni saralash, sohadagi tadbirkorlar va ishchilarning ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bizni O‘zbekiston bilan hamkorlik qilayotganimizdan xursand qiladi”, — dedi Valerie Hiskey.
O‘z navbatida Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda soha oldiga qo‘yilgan maqsadlar, xususan, chiqindilarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, aylanma iqtisodiyotni tatbiq etish va “nol chiqindi” tamoyilining muhimligi haqida so‘z yuritdi.
“Endi chiqindilar iqtisodiyotning qimmatli resursiga aylanadi. Biz har tomonlama manfaatli bo‘lgan yashil jamiyat qurishni maqsad qilganmiz”, — dedi vazir.
Uchrashuv davomida 6 ta transchegaraviy muhofaza qilinadigan hududlarni barpo etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Bu loyiha noyob turdagi hayvonlarni qo‘riqlash, asrash bilan birga ekoturizmni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi.
Yakunda chiqindi sohasida yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish, sohaga Jahon banki tomonidan investitsiyalarni olib kirish hamda grantlar ajratilishi borasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.