Rossiyaning G‘arbga nisbatan xayrixohligi allaqachon tugagan — Lavrov

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishKonferensiya na temu: "Yevromaydan: poterannoe desatiletie Ukraini"
Konferensiya na temu: Yevromaydan: poterannoe desatiletie Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2024
Obuna bo‘lish
Lavrov halqaro tadbir ishtirokchilarini Ukraina voqealariga xolisona munosabatda bo‘lish va betaraf qolishga undadi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. . Rossiyaning G‘arbga nisbatan xayrixohligi allaqachon o‘z chegarasiga yetib kelgan. Rossiyaning yaxshi niyat bilan qilingan ishlariga G‘arbda munosib javob berishmadi, dedi Sergey Lavrov bugun Moskvada bo‘lib o‘tayotgan "Yevromaydan: Ukrainaning yo‘qotilgan o‘n yili" ilmiy-amaliy anjumanida.

Rossiya tashqi ishlar vaziri bayonotidan muhim fikrlar:

G‘arb, Ukraina qo‘shinlarining Rossiya obyektlarini nishonga olishga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlarini amalga oshirishga yordam bermoqda (razvedka samolyotlari, sputniklar).
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga uzoqroq masofaga mo‘ljallangan qurollar yetkazib berishni maslahat bermoqda. Ular aytishicha, “Rossiyaning yuragiga yetib borishi, sarosima, vahima qo‘zg‘atishi va xalqning ishonchini buzish maqsadida".
Ukraina mojarosidan Buyuk Britaniyaning pozitsiyasi AQShdan ham tajovuzkorroq.
Ukraina hukumatining rus millatiga bo‘lgan munosabati bu genotsid. Ular "ruslarga aloqador barcha narsani yo‘q qilishni" qonun bilan belgilab olgan.
Millionlab ukrainaliklar Rossiyada qo‘nim topgani va bu yerda ular o‘zlarini o‘z uyidagidek his qilmoqda.
Rossiya mojaroni siyosiy yo‘l bilan halq qilishga, lekin buning uchun Kiyev dastlab Zelenskiyning muzokaralarni taqiqlash haqidagi farmonini bekor qilishi kerak.
G‘arb davlatlari dunyoni Zelenskiyning "tinchlik formulasi"ga qo‘shilishga undamoqda. Lekin bu ko‘zbo‘yamachilik. Bunday yo‘l bilan tinchlikka erishib bo‘lmaydi. Yaxshiyam dunyoda aksariyat davlatlar, ayrim kam sonli istinolardan tashqari, neytral maqomini saqlab qolish tarafdori bo‘lmoqda.
Ukrainada minglab yollanma askarlar bor edi, hozir ularning yarmidan kami qoldi, — qolgani qurbon bo‘lgan yoki mamlakatni tark etgan. Kolumbiya bu mojaroga yollanmalar yuborish qanchalik xavfli ekanini tushunadi deb umid qilaman.
Amerika jamiyati to‘liq axborot blokadasida yashamoqda. Bu Putinning Taker Karlsonga intervyusidan keyin ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Lavrov BMT islohoti haqida gapirdi. Xususan, Xavfsizlik kengashiga yangi a’zolarni qo‘shib qolish haqida. Vazir aytishiga ko‘ra bu muqarrar lekin uzoq jarayon. Rossiya ushbu tashkilotga birorta ham G‘arb davlati qo‘shilishiga qarshi.
Yangiliklar lentasi
0