Tuadera: G‘arb neokolonializmi — Afrikadagi beqarorlikning asosiy sababi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishFosten Arkanj Tuadera vistupayet na forume storonnikov borbi s neokolonializmom "Za svobodu natsiy" v Moskve.
Fosten Arkanj Tuadera vistupayet na forume storonnikov borbi s neokolonializmom Za svobodu natsiy v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2024
Obuna bo‘lish
Bugun dunyoda mustamlakachilik o‘z qiyfasini o‘zgartirib neokolonializmga aylanadi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. G‘arbning neokolonial amaliyotlari Afrika qit’asi davlatlarining beqarorligi va iqtisodiy qoloqligining asosiy sabablaridan biridir, dedi Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti Faustin-Archanj Tuadera Moskvada bugun bo‘lib o‘tayotgan “Xalqlar erkinligi uchun” forumida.
“Bugungi kunda rasmiy mustamlakalar, mustamlakachi davlatlar yo‘q. Ha, haqiqatdan ham dunyo o‘zgardi, lekin mustamlakachilik ham o‘z strategiyasini va qiyofasini o‘zgartirdi, neokolonializm paydo bo‘ldi. Bu Afrika davlatlarining qoloqligi, beqarorlik va iqtisodiy vaziyatning asosiy sabablaridan biridir ”, - dedi u.
Prezidentning ta’kidlashicha, aksariyat rivojlanayotgan davlatlar va xususan, Markaziy Afrika Respublikasi "G‘arb neokolonializmiga duch kelmoqda". Shu munosabat bilan davlat rahbari “dunyodagi neokolonializm kishanlarini sindirish zarurligini, bu mafkuraga chek qo‘yish vaqti kelganini” ta’kidladi.
Markaziy Afrika Respublikasi prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Afrikaning to‘liq mustaqillikka erishish jarayoni juda qiyin. “Biz dunyoda aralashuvlardan xoli munosabatlar tizimini rivojlantirishimiz kerak”, dedi u.
Bugun Moskvada “Yedinaya Rossiya” partiyasi tashabbusi bilan mustamlakachilikning zamonaviy amaliyotiga qarshi kurash tarafdorlarining “Xalqlar erkinligi uchun” birinchi xalqaro partiyalararo forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda ishtirok etish uchun Afrika, Osiyo, MDH, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Yevropadan yetakchi siyosiy kuchlar vakillari tashrif buyurdi. Forumda 400 ga yaqin delegatlar ishtirok etmoqda. Ular davlatlarning suveren ishlariga aralashishga qarshi kurashish, buzg‘unchi neokolonial amaliyotga qarshi kurashish, siyosiy, moliyaviy, iqtisodiy, axborot va boshqa sohalarda mustaqillikka erishish masalalari muhokama qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0