Mishustin Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasini ochish bo‘yicha tegishli hujjat imzoladi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin. Arxivnoe foto
Premyer-ministr RF M. Mishustin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Obuna bo‘lish
Hujjatda Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasini ochish va u yerda o‘z faoliyatini olib boruvchi xodimlar ro‘yxatini shakillantirish belgilangan.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasi ochiladi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli buyrug‘ imzoladi.
Hujjatda Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasini ochish va u yerda o‘z faoliyatini olib boruvchi xodimlar ro‘yxatini shakillantirish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida Bosh konsulxonasini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangan edi.
Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Oleg Malginovning so‘zlariga ko‘ra, konsulxonani tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar 2024 yilda boshlanadi.
Posol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasi ochiladi – Malginov
Yangiliklar lentasi
0