https://oz.sputniknews.uz/20240215/rossiya-metro-bekat-aqsh-karlson-42508141.html
Rossiyada metro bekati bor va u AQShdagi hamma narsadan yaxshiroq ko‘rinadi — Karlson
Rossiyada metro bekati bor va u AQShdagi hamma narsadan yaxshiroq ko‘rinadi — Karlson
Sputnik O‘zbekiston
Putindan intervyu olgan amerikalik jurnalist Moskvadagi metroga tushib, AQSh rasmiylariga noqulay savol berdi.
2024-02-15T15:42+0500
2024-02-15T15:42+0500
2024-02-15T16:15+0500
siyosat
rossiya
moskva
metro
jurnalist
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/07/42379464_409:306:2791:1646_1920x0_80_0_0_00ba40f052248bcd5d633fa42d45ef61.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Yaqinda Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putindan intervyu olgan amerikalik jurnalist Taker Karlson Moskvadagi “Kiyevskaya” metro bekati haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi. Karlsonning aytishicha, u ko‘rgan narsasidan hayratda qolgan va AQSh rasmiylari uchun noqulay bo‘lgan savolni berdi.Karlson Moskva metrosiga chiqish istagini "muayan jamiyatni tushunishning usullaridan biri uning infratuzilmasiga qarashdir" deb tushuntirdi. U bundan 70-yil avval qurilgan bekat holatidan hayratda ekanligini yashirmaydi. Amerikalik jurnalist uning tozaligi va tartibliligini qadrlab, graffiti, iflos, uysizlar, giyohvandlar, zo‘rlovchilar yoki relsga surib qo‘yish mumkin bo‘lgan odamlarni ko‘rmaganini, hech qanday yoqimsiz hidni payqamaganini ta’kidladi.Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Taker Karlson bilan suhbati 9-fevralga o‘tar kechasi e’lon qilingan edi. Tomonlar ikki soatlik suhbatning asosiy qismini Ukraina mojarosi va Rossiyaning AQSh, NATO va G‘arb bilan munosabatlariga bag‘ishladi. Amerikalik jurnalist o‘z saytida Putin bilan bo‘lgan intervyuni e’lon qildi, so‘ng uni X ijtimoiy tarmog‘i va na “YouTube”ga joylashtirdi. X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilinganidan beri Rossiya rahbari bilan intervyu allaqachon 200 milliondan ortiq ko‘rildi. “YouTube”dagi videoni ko‘rganlar soni esa 16,5 milliondan oshdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240209/putin-taker-karlsonga-nima-dedi--eng-muhim-fikrlar-42425551.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/07/42379464_393:246:2791:2045_1920x0_80_0_0_7ad900d1b2e8fa98b52a94d4b5b79dd7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putindan intervyu moskva metro aqsh rasmiylari taker karlson
putindan intervyu moskva metro aqsh rasmiylari taker karlson
Rossiyada metro bekati bor va u AQShdagi hamma narsadan yaxshiroq ko‘rinadi — Karlson
15:42 15.02.2024 (yangilandi: 16:15 15.02.2024) Putindan intervyu olgan amerikalik jurnalist Moskvadagi metroga tushib, AQSh rasmiylariga noqulay savol berdi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Yaqinda Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putindan intervyu olgan amerikalik jurnalist Taker Karlson Moskvadagi “Kiyevskaya” metro bekati haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi. Karlsonning aytishicha, u ko‘rgan narsasidan hayratda qolgan va AQSh rasmiylari uchun noqulay bo‘lgan
savolni berdi. Karlson Moskva metrosiga chiqish istagini "muayan jamiyatni tushunishning usullaridan biri uning infratuzilmasiga qarashdir" deb tushuntirdi. U bundan 70-yil avval qurilgan bekat holatidan hayratda ekanligini yashirmaydi. Amerikalik jurnalist uning tozaligi va tartibliligini qadrlab, graffiti, iflos, uysizlar, giyohvandlar, zo‘rlovchilar yoki relsga surib qo‘yish mumkin bo‘lgan odamlarni ko‘rmaganini, hech qanday yoqimsiz hidni payqamaganini ta’kidladi.
“Qanday qilib bizga yadro quroliga ega bo‘lgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi deya ta’riflangan Rossiyada, bizning mamlakatimizdagi hamma narsadan yoqimliroq metro bekati bor?”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Taker Karlson bilan suhbati 9-fevralga o‘tar kechasi e’lon qilingan edi. Tomonlar ikki soatlik suhbatning asosiy qismini Ukraina mojarosi va Rossiyaning AQSh, NATO va G‘arb bilan munosabatlariga bag‘ishladi. Amerikalik jurnalist o‘z saytida Putin bilan bo‘lgan intervyuni e’lon qildi, so‘ng uni X ijtimoiy tarmog‘i va na “YouTube”ga joylashtirdi. X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilinganidan beri Rossiya rahbari bilan intervyu allaqachon 200 milliondan ortiq ko‘rildi. “YouTube”dagi videoni ko‘rganlar soni esa 16,5 milliondan oshdi.