Prezidentdan $30 000 olgan yosh dasturchi bilan suhbat: u qanday loyiha ustida ishlamoqda?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yaqin kunlarda O‘zbekistonda shifokorlardan 24/7 rejimida maslahat olish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushadi. Yosh dasturchining mazkur loyihasi prezident tanlovida pul mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Moskva davlat universiteti (MGU) bitiruvchisi Shohrux Egamovning “Shifo 24” loyihasi "President Tech Award" tanlovida g‘oliblar qatoridan joy oldi. U o‘z loyihasi bilan kiberxavfsizlik yo‘nalishida 30 ming dollar pul mukofotni qo‘lga kiritdi.
Ilova orqali shifokorlar bilan istalgan vaqtda bog‘lanish va tavsiyalarni masofadan olish mumkin bo‘ladi.

“President Tech Award” tanlovi sovrindori bo‘ldik va 3-o‘rinni oldik. Unda kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha “Shifo 24” mobil ilovamiz bilan qatnashdik. Ilovamiz orqali siz 24/7 rejimida shifokorlar maslahatlarini olishingiz mumkin", — dedi Shohrux Egamov.

Ilova kerakli shifokorlarni tez topish imkoniyatini beradi. Qayd etilishicha, mazkur ilova O‘zbekistonda yagona hisoblanadi.
Batafsil ma’lumotlar Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0