Harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSlujba v armii. Arxivnoe foto
Slujba v armii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Obuna bo‘lish
Mart-aprel oylarida harbiy yoshga to‘lgan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekistonda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mart-aprel oylarida harbiy yoshga to‘lgan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, 2024-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatni kechiktirish va ozod qilish huquqiga ega bo‘lmagan harbiy yoshga to‘lgan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

“Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinsin”, — deyiladi hujjat matnida.

Muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan fuqarolar harbiy qismlarga tantanali kuzatiladi. Rezervga bo‘shatilganlar esa yashash joylarida tantanali ravishda kutib olinadi.
Hujjatda, shuningdek, ularni ish joylari bilan ta’minlash ishlari izchil davom ettirilishi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0