https://oz.sputniknews.uz/20240214/rossotrudnichestvo-sherzod-qudratxoja--aloqalar-42488324.html
Rossotrudnichestvo Sherzod Qudratxo‘ja bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi
Rossotrudnichestvo Sherzod Qudratxo‘ja bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
“Rossotrudnichestvo” rahbari: Ishonchim komilki, janob Qudratxo‘ja o‘zi yoqtirmagan davlatga shunchaki tashrif buyura olmasa ham, xafa bo‘lmaydi.
2024-02-14T11:53+0500
2024-02-14T11:53+0500
2024-02-14T12:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
jurnalistlar
sherzodxon qudratxo‘ja
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/0e/42489334_170:0:2446:1280_1920x0_80_0_0_28c31b8207e7180d010a90095d84315b.jpg
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. “Rossotrudnichestvo” Rossiyaga qarshi bayonotlari tufayli O‘zbekiston Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘ja bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi. Bu haqda “Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov ma’lum qildi.Avvalroq rektor mahalliy bloger bilan suhbatda 60-yillarda zilziladan keyin Toshkentni tiklash uchun kelgan va qolgan O‘zbekiston aholisi va ularning o‘zbek tilini bilmaydigan oila a’zolari o‘zlarining kimligi – “bosqinchi yoki ahmoq” ekanini belgilashi kerak deb aytdi.Shu bilan birga, “Rossotrudnichestvo” rahbari “O‘zbekistonda Qudratxo‘jayevning rusofob fikrlari mashhur emasligiga”ga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi madaniy markaz, rus uyi, madaniy, ta’lim va ilmiy almashinuvning ko‘plab dasturlari, rus tili, san’atiga bo‘lgan talab, Rossiya oliy ta’limining O‘zbekiston aholisi uchun jozibadorligi shundan dalolat beradi.Shu munosabat bilan u respublika mas’ul vakillari “mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi amalda mavjud do‘stlik, ittifoqchilikdan kelib chiqqan holda” bu jirkanch bayonotlarga qo‘shilmasliklarini bildirishlariga ishonch bildirdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/0e/42489334_552:0:2075:1142_1920x0_80_0_0_69c00844db9edb240e707ece1d048714.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossotrudnichestvo sherzod qudratxo‘ja
rossotrudnichestvo sherzod qudratxo‘ja
Rossotrudnichestvo Sherzod Qudratxo‘ja bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi
11:53 14.02.2024 (yangilandi: 12:28 14.02.2024) “Rossotrudnichestvo” rahbari: Ishonchim komilki, janob Qudratxo‘ja o‘zi yoqtirmagan davlatga shunchaki tashrif buyura olmasa ham, xafa bo‘lmaydi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. “Rossotrudnichestvo” Rossiyaga qarshi bayonotlari tufayli O‘zbekiston Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘ja bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi. Bu haqda “Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov
ma’lum qildi. Avvalroq rektor mahalliy bloger bilan suhbatda 60-yillarda zilziladan keyin Toshkentni tiklash uchun kelgan va qolgan O‘zbekiston aholisi va ularning o‘zbek tilini bilmaydigan oila a’zolari o‘zlarining kimligi – “bosqinchi yoki ahmoq” ekanini belgilashi kerak deb aytdi.
“Ishonchim komilki, janob Qudratxo‘ja nafaqat o‘zi, balki yaqinlari ham Rossiyada o‘qish, u bilan foydali biznes yuritish, stajirovkada qatnashish va boshqa imkoniyatlarni qo‘lga kirita olmasa, hatto o‘zi yoqtirmagan davlatga shunchaki tashrif buyura olmasa ham, xafa bo‘lmaydi”, — dedi “Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov.
Shu bilan birga, “Rossotrudnichestvo” rahbari “O‘zbekistonda Qudratxo‘jayevning rusofob fikrlari mashhur emasligiga”ga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi madaniy markaz, rus uyi, madaniy, ta’lim va ilmiy almashinuvning ko‘plab dasturlari, rus tili, san’atiga bo‘lgan talab, Rossiya oliy ta’limining O‘zbekiston aholisi uchun jozibadorligi shundan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan u respublika mas’ul vakillari “mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi amalda mavjud do‘stlik, ittifoqchilikdan kelib chiqqan holda” bu jirkanch bayonotlarga qo‘shilmasliklarini bildirishlariga ishonch bildirdi.
"Ishonchim komilki, Rossiyada ta’lim olishni istagan yuzlab va minglab yoshlar, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘sib borayotgan savdo aylanmasi, turizm, do‘stlik qadriyatlari, o‘zaro yordam, bizni birlashtirgan Ulug‘ Vatan urushining tarixiy xotirasi, zilziladan keyin Toshkentning qayta tiklanishi, bularning barchasi va yana ko‘p narsalarular har daqiqada rusofob Qudratxo‘jayevning ota-onasi tomonidan juda yomon tarbiyalanganligini tasdiqlaydi", — deya qayd etdi u.