O‘zbekiston aeroportlar boshqaruvini xususiy sektorga berishni davom ettiradi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Tashkentskiy aeroport
Tashkentskiy aeroport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2024
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Airports” va “Uzbekistan airways” kompaniyalari transformatsiyasi jadallashtiriladi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. “Uzbekistan Airports” va “Uzbekistan airways” kompaniyalari transformatsiyasini jadallashtirish, aeroportlar boshqaruvini xususiy sektorga berish kengaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan asosiy strategik islohotlar bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.
Taqdimotda transport, urbanizatsiya va shaharsozlik, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi va energetikadagi islohotlar ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavlena informatsiya o zaplanirovannix na tekushiy god strategicheskix reformax
Predstavlena informatsiya o zaplanirovannix na tekushiy god strategicheskix reformax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2024
Qayd etilishicha, mamlakat dengiz yo‘llaridan uzoqligi sababli avia va temir yo‘llarni diversifikatsiya qilishga urg‘u berilmoqda. O‘tgan yili 6 ta aviakompaniya tashkil qilindi, 28 ta yangi samolyot olib kelindi. Samarqand xalqaro aeroportiga xususiy sektor jalb etildi.
“Bu ishlarni davom ettirib, “Uzbekistan Airports” va “Uzbekistan airways” kompaniyalari transformatsiyasini jadallashtirish, aeroportlar boshqaruvini xususiy sektorga berishni kengaytirish zarur”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, kelgusi yetti yilda O‘zbekistonda aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar soni hozirgi 13 tadan 28 taga yetadi.

“Ayrim shahar va shaharchalarning bosh rejalari yo‘qligi sababli faqat eniga kengaymoqda. Bu infratuzilma xarajatlari oshishiga va qishloq xo‘jaligi yerlari kamayishiga olib kelmoqda. Shu bois urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha konsepsiya va qonun ishlab chiqishga ehtiyoj bor”, — deyiladi xabarda.

Davlatning ayrim funksiyalarini, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, erkin iqtisodiy zonalarni boshqarishni xususiy sektorga berish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Aytilishicha, qishloq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarida ish tartibi haliyam eskicha. Shu bois hosildorlikni oshirish va tannarxni kamaytirish, sohaga innovatsiyalarni olib kirish bo‘yicha aniq yechimlar kerak.
“Bu yil jami 50 milliard dollarlik 122 ta yangi yirik investitsiya loyihalari boshlanadi. Shu bilan birga, aholi soni va korxonalar ham ko‘payib bormoqda. Yaqin yillarda energiyaga ehtiyoj kamida 1,5 barobar oshadi. Buning ustiga, ayrim tarmoqlarda energiya sarfi hamon yuqori”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Prezident ushbu sohalarga oid takliflar bo‘yicha huquqiy asos va investorlar uchun mustahkam kafolatlar yaratish zarurligini aytdi.

“2024 yilda bozor iqtisodiyoti poydevorini qurishning barcha jarayonlarini yakunlab, 2025-yilda milliy iqtisodiyotimizni sifat jihatidan mutlaqo yangi darajaga olib chiqishimiz shart, – dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, mamlakatning barcha ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilib, keng qamrovli “yo‘l xaritasi” tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0