Ukraina Rossiya bilan mojaroda G‘arb pullari bilan ham g‘alaba qozona olmaydi — Taker Karlson

© AP Photo / Richard DrewVedushiy telekanala Fox News Taker Karlson. Arxivnoe foto
Vedushiy telekanala Fox News Taker Karlson. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2024
Obuna bo‘lish
Taker Karlsonning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan mojaroda g‘alaba qozonmaydi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Ukraina hatto G‘arb davlatlari ko‘magida ham Rossiyani jang maydonida mag‘lub eta olmaydi. Bu haqda amerikalik jurnalist Taker Karlson senator Jeyms Devid Vens bilan intervyuda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukraina Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozona olmaydi. Ukraina harbiylari hatto G‘arbning yuzlab milliard dollar yordami bilan ham Rossiya harbiylarini Ukraina sharqidagi hududlardan siqib chiqara olmaydi", — dedi u.
Karlsonning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlarining Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi "ko‘proq halok bo‘lgan ukrainaliklar" va "G‘arb iqtisodiyotining yanada tanazzulga uchrashiga" olib keladi.
Taker Karlson nima sababdan Putindan intervyu olayotganini tushuntirib berdi
Eslatib o‘tamiz, Taker Karlson o‘z veb-sayti va turli platformalarda Rossiya yetakchisi bilan ikki soatlik suhbatni joylashtirdi. E’lon qilinganidan beri u X ijtimoiy tarmog‘ida 170 milliondan ortiq, "YouTube"da esa o‘n milliondan ortiq ko‘rilgan.
Bu suhbat jurnalistika va siyosat tarixiga kiradi — Kiselov
Rossiya tinch yo‘lni afzal ko‘radi, agar u rad etilsa, harbiy operatsiya davom etadi — Peskov
Prezident RF Vladimir Putin dal intervyu amerikanskomu jurnalistu Takeru Karlsonu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2024
Putin Taker Karlsonga nima dedi — eng muhim fikrlar
Yangiliklar lentasi
0