Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan kepak, beda va arpa eksport qilishda hamkorlik qilmoqchi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishStolitsa Saudovskoy Aravii Djidda. Arxivnoe foto
Stolitsa Saudovskoy Aravii Djidda. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2024
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston chorvachilik tarmog‘ini intensiv rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan kepak, beda va arpa eksport qilishda hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Saudiya Arabistonining "Muhaidib Group" kompaniyasi raisi o‘rinbosari Emad bin Abdulqodir al-Muhaydib va "Golden Fields" kompaniyasi boshqaruv direktori Mahmud Ahmed bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va parrandachilik sohalarida qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
“Emad bin Abdulqodir al-Muhaydib qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘ va manzarali o‘simliklar uchun azotli o‘g‘it mahsulotlarini hamkorlikda ishlab chiqarishni taklif etdi”, — deyiladi xabarda.
Mahmud Ahmedning so‘zlariga ko‘ra, "Golden Fields" kompaniyasi chorvachilik hayvonlari uchun tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda O‘zbekistondan kepak, beda va arpa eksport qilish yo‘nalishida hamkorlik o‘rnatish istiqbollarini o‘rganib chiqmoqda.
Aytilishicha, hozirda butun dunyoda oziq-ovqat masalasini hal etish eng dolzarb muammo. Ushbu muammoning negizida chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklaridan olinadigan go‘sht, sut va tuxum mahsulotlarini ko‘paytirish, ya’ni chorvachilik tarmog‘ini intensiv rivojlantirish yotadi.
Saudiya tomoni o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida shu yilning fevral oyi oxirida mamlakatga kelishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0