https://oz.sputniknews.uz/20240213/aholi-davlat-xizmatlari-adliya-vazirligi-42469358.html
Aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni oshiriladi — Adliya vazirligi
Aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni oshiriladi — Adliya vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
2024 yilda yangi xizmatlarning sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.
2024-02-13T13:30+0500
2024-02-13T13:30+0500
2024-02-13T13:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
adliya vazirligi
nikoh
xizmat
yuridik xizmat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/08/40804883_0:0:993:559_1920x0_80_0_0_b97571947a97cc9509e6d204fd741c59.jpg
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Respublikadagi Davlat xizmatlari markazlari orqali yangi xizmatlarni ko‘rsatish soni 400 taga yetkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, 2023-yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali 77 turdagi yangi xizmatlarni ko‘rsatish joriy etildi. Hozirda ularning soni jami 335 taga teng. 2024-yilda ularning sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.Shundan ko‘rsatilgan xizmatlarning 9,3 mlndan ortig‘i (70,8 %) markazlarning o‘zida, 3,8 mlndan ortig‘i (29,2 %) onlayn tarzda ko‘rsatilgan.Eng ko‘p ko‘rsatiladigan 29 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirildi. So‘raladigan ma’lumotlar 225 tadan 99 taga, ariza yuborish uchun sarflanadigan vaqt 76 daqiqadan 22 daqiqaga qisqartirildi.Bundan tashqari, 48 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari soddalashtirildi. 2024-yilda yana 100 ta davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish rejalashtirilgan.Shuningdek, 2 turdagi proaktiv va 11 turdagi kompozit xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Hozirda jami 4 ta proaktiv va 31 ta kompozit xizmatlar mavjud.Anjumanda, shuningdek, markazlarda toifalarga ajratib ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, 2023-yilda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida xizmatlarni “oson”, “o‘rta” va “murakkab” toifalarga ajratgan holda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. 2024-yilda 40 ta markazlarda ixtisoslashtirish joriy etiladi.Qayd etilishicha, markazlarda o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 1 daqiqadan 10 daqiqagacha, o‘rtacha kutish vaqti esa 20 daqiqani tashkil etdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, toifalarga bo‘lish natijasida xizmat ko‘rsatish hajmi oshdi. Fuqarolarning ham vaqti tejalmoqda.Respublika bo‘ylab “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.Ta’kidlanishicha, 1 232 nafar qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelayotgan fuqaroning nikohi qonuniy ravishda qayd etib berildi. Huquqiy aksiya 20-martiga qadar davom etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/08/40804883_10:0:921:683_1920x0_80_0_0_fabe5c59000aa169828d50f5d4a043d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aholi davlat xizmatlari adliya vazirligi
aholi davlat xizmatlari adliya vazirligi
Aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni oshiriladi — Adliya vazirligi
2024 yilda yangi xizmatlarning sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Respublikadagi Davlat xizmatlari markazlari orqali yangi xizmatlarni ko‘rsatish soni 400 taga yetkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2023-yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali 77 turdagi yangi xizmatlarni ko‘rsatish joriy etildi. Hozirda ularning soni jami 335 taga teng.
2024 yilda ularning sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.
“Mazkur xizmatlarning 55 tasi bepul asosida ko‘rsatiladi. Bundan tashqari ijimoiy himoya reyestriga kiritilgan, I va II gurux nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma belgilangan. Markazlarda 2023-yilda jami 13 mln 200 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, tashkil topgandan to hozirgi kungacha esa 60 mlnga yaqin xizmatlar ko‘rsatilgan”, — dedi Adliya vazirligi Departament boshlig‘i Sanjar Abdullayev.
Shundan ko‘rsatilgan xizmatlarning 9,3 mlndan ortig‘i (70,8 %) markazlarning o‘zida, 3,8 mlndan ortig‘i (29,2 %) onlayn tarzda ko‘rsatilgan.
Eng ko‘p ko‘rsatiladigan 29 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirildi. So‘raladigan ma’lumotlar 225 tadan 99 taga, ariza yuborish uchun sarflanadigan vaqt 76 daqiqadan 22 daqiqaga qisqartirildi.
“2024 yilda barcha xizmatlarni “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirish rejalashtirilgan”, — deya qo‘shimcha qildi Abdullayev.
Bundan tashqari, 48 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari soddalashtirildi. 2024-yilda yana 100 ta davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2 turdagi proaktiv va 11 turdagi kompozit xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Hozirda jami 4 ta proaktiv va 31 ta kompozit xizmatlar mavjud.
“Proaktiv xizmatlarga misol keltiradigan bo‘lsak, 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga nafaqa pulini tayinlash bo‘yicha ariza berilmagan bo‘lsa ham bu funksiya davlat tomonidan amalga oshiriladi”, — deya tushuntirdi Abdullayev.
Anjumanda, shuningdek, markazlarda toifalarga ajratib ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, 2023-yilda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida xizmatlarni “oson”, “o‘rta” va “murakkab” toifalarga ajratgan holda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. 2024-yilda 40 ta markazlarda ixtisoslashtirish joriy etiladi.
Qayd etilishicha, markazlarda o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 1 daqiqadan 10 daqiqagacha, o‘rtacha kutish vaqti esa 20 daqiqani tashkil etdi.
“Xizmatlar ko‘rsatishni “oson”, “o‘rta” va “murakkab” toifalarga ajratish tartibi fuqarolaring talab va takliflaridan kelib chiqib tashkil etildi. Masalan, “oson” xizmatlar 5-6 daqiqagacha vaqt oladi, “o‘rta” xizmatlar 15 daqiqagacha, “murakkab” toifadagi xizmatlar esa 15 daqiqadan yuqori vaqt talab etadi”, — dedi Adliya vazirligi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, toifalarga bo‘lish natijasida xizmat ko‘rsatish hajmi oshdi. Fuqarolarning ham vaqti tejalmoqda.
“Respublikada birinchi marta Toshkent shahri Chilonzor tumanida navbatsiz xizmat maskani tashkil qilindi. Bundan tashqari 46 ta markazlarimizda bepul vay fay zonalar tashkil etilgan. Bosqichma-bosqich barcha markazlarda shunday zonalarni tashkil etish rejalashtirilgan”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Respublika bo‘ylab “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
“Huquqiy aksiya doirasida dastlabki 20 kun davomida 19 872 nafar shaxs tegishli hujjatlarga ega emasligi holatlari aniqlandi. Ulardan, 16144 nafar shaxsga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi/ Xususan, 609 nafarining tug‘ilishi qayd etilib guvohnoma berilgan bo‘lsa, 2 665 nafariga tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma rasmiylashtirildi”, — deya qayd etdi Abdullayev.
Ta’kidlanishicha, 1 232 nafar qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelayotgan fuqaroning nikohi qonuniy ravishda qayd etib berildi.
Huquqiy aksiya 20-martiga qadar davom etadi.