https://oz.sputniknews.uz/20240212/pilla-narx-25-foiz-42457959.html
Bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi
Bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yildan pilla narxini davlat belgilashi amaliyotidan voz kechiladi.
2024-02-12T16:00+0500
2024-02-12T16:00+0500
2024-02-12T16:00+0500
o‘zbekiston
pillachilik
shavkat mirziyoyev
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/05/34657098_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8ea50988e7d531191222dc5c6f345abc.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozadi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.Qayd etilishicha, yig‘ilishda prezident ipakchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, tarmoqda keskin o‘zgarish qilish zarurligini ta’kidladi.Vyetnam va Xitoy tajribasi asosida pillani sanoat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi.Buning uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga o‘tiladi:Ya’ni pilla fermer va klaster o‘rtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.Ozuqa-yem bazasini ko‘paytirish uchun bu yil dalalar atrofida 150 million yangi navli hosildor tut ko‘chatini ekish topshirildi.Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasini ishga tushiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar taklif qilinib, naslli ipak qurti zotlarini yaratish boshlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/05/34657098_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e370921f8c93506f5e265d8ca9efe866.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston pilla narxi oshiriladi shavkat mirziyoyev pillachilik
o‘zbekiston pilla narxi oshiriladi shavkat mirziyoyev pillachilik
Bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi
2025 yildan pilla narxini davlat belgilashi amaliyotidan voz kechiladi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozadi davlat rahbari matbuot kotibi
Sherzod Asadov. Qayd etilishicha, yig‘ilishda prezident ipakchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, tarmoqda keskin o‘zgarish qilish zarurligini ta’kidladi.
Vyetnam va Xitoy tajribasi asosida pillani sanoat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi.
Buning uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga o‘tiladi:
Birinchi bosqichda bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Ikkinchi bosqichda esa 2025-yildan narxni davlat belgilashi, klasterlarga tumanlarni biriktirish, fermer va kasanachilar o‘zi yetishtirgan pillani faqat klasterlarga sotishi amaliyotidan voz kechiladi.
Ya’ni pilla fermer va klaster o‘rtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.
“Pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi. Jumladan, ipak qurtini xonadonlarga tarqatib, o‘rma tutzor tashkil etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha tizim yaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Ozuqa-yem bazasini ko‘paytirish uchun bu yil dalalar atrofida 150 million yangi navli hosildor tut ko‘chatini ekish topshirildi.
Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasini ishga tushiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar taklif qilinib, naslli ipak qurti zotlarini yaratish boshlanadi.