O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Katar s gosudarstvennim vizitom.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Katar s gosudarstvennim vizitom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2024
Obuna bo‘lish
Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi qarorgohi Doxada bo‘lgan birinchi elchisidir.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik.O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi tayinlandi. Elchisi Ashraf Xodjayev Qatar poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi "Dunyo" AA.
Doxaga tayinlanishidan oldin u Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Diplomat 43 yoshda. U Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega.
© IA "Dunyo"Ashraf Xodjayev
Ashraf Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2024
Ashraf Xodjayev
TIV tizimidagi faoliyatini 2005-yilda referent sifatida boshlagan. O‘tgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.
2018 yildan e’tiboran Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshlig‘i va direktori bo‘lib faoliyat olib borgan.
Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi qarorgohi Doxada bo‘lgan birinchi elchisidir.
Yangiliklar lentasi
0