https://oz.sputniknews.uz/20240211/mamlakat-qor-qoploni-samarqand-rezolyutsiya-42442444.html
Mamlakatida qor qoploni bor hukumatlar Samarqand rezolyutsiyasini qabul qilishdi — tafsilotlar
Mamlakatida qor qoploni bor hukumatlar Samarqand rezolyutsiyasini qabul qilishdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Qor qoploni va ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha global dastur (GSLEP) boshqaruv qo‘mitasining vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2024-02-11T14:28+0500
2024-02-11T14:28+0500
2024-02-11T14:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bmt
ekologiya
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
aziz abduhakimov
qor qoploni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/0b/42442612_0:52:1280:772_1920x0_80_0_0_60f51fa227fd1134ec3f5e063e995546.jpg
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Qor qoplonlarining yashash muhitini asrab-avaylash bo‘yicha Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.Bugun Qor qoploni va ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha global dastur (GSLEP) boshqaruv qo‘mitasining vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, qor qoploni va uning ekotizimlarini asrab-avaylash katta meros va madaniy ahamiyatga ega.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda GEF va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda qor qoplonini saqlash loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu ekologik ta’limga yo‘naltirilgan ikkita tashrif markazini yaratish va SMART patrul tizimini joriy qilish imkonini berdi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan G‘arbiy Tan-Shanda qor qoplonlarini saqlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolangan.Yig‘ilishda qor qoplonlari yashaydigan 12 ta davlat hukumati, shuningdek, GSLEP kotibiyati va hamkorlar tomonidan Bishkek deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qilingan sa’y-harakatlari baholandi. Istiqboldagi ustuvor harakatlar belgilandi, aniqlangan moliyaviy kamchiliklar muhokama qilindi, kelajakdagi resurslarga bo‘lgan ehtiyoj baholandi va qor qoplonini saqlash tashabbuslarini moliyalashtirish usullari aniqlandi.Qayd etilishicha, xalqaro taraqqiyot tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va donor davlatlar ishtirokidagi mazkur yig‘ilish qor qoplonlari populyatsiyasini saqlash va iqlim ta’siriga moslashish maqsadida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, loyihalarni boshlash va mamlakatga grant mablag‘larini jalb qilish imkonini beradi.U hukumatlarni, rivojlanish bo‘yicha hamkorlarni va moliyaviy institutlarni iqlim o‘zgarishiga moslashish va saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni jadallashtirish uchun innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘rganish orqali GSLEP dasturi va tegishli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/0b/42442612_92:0:1189:823_1920x0_80_0_0_b27b78b7d094472814bcc4c73864e852.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gslep qor qoploni samarqand rezolyutsiyasi o‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri aziz abduhakimov
gslep qor qoploni samarqand rezolyutsiyasi o‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri aziz abduhakimov
Mamlakatida qor qoploni bor hukumatlar Samarqand rezolyutsiyasini qabul qilishdi — tafsilotlar
Qor qoploni va ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha global dastur (GSLEP) boshqaruv qo‘mitasining vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Qor qoplonlarining yashash muhitini asrab-avaylash bo‘yicha Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi
xabar berdi. Bugun Qor qoploni va ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha global dastur (GSLEP) boshqaruv qo‘mitasining vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, qor qoploni va uning ekotizimlarini asrab-avaylash katta meros va madaniy ahamiyatga ega.
"O‘zbekistonda tabiatni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat siyosatining asosiy ustuvor vazifalaridan biridir. Xususan, ekologik strategik siyosat bo‘yicha qator hujjatlar, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari, jumladan, 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi, 2028-yilgacha bioxilma-xillikni saqlash strategiyasi va boshqalar qabul qilindi”, — dedi Abduhakimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda GEF va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda qor qoplonini saqlash loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu ekologik ta’limga yo‘naltirilgan ikkita tashrif markazini yaratish va SMART patrul tizimini joriy qilish imkonini berdi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan G‘arbiy Tan-Shanda qor qoplonlarini saqlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolangan.
Yig‘ilishda qor qoplonlari yashaydigan 12 ta davlat hukumati, shuningdek, GSLEP kotibiyati va hamkorlar tomonidan Bishkek deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qilingan sa’y-harakatlari baholandi. Istiqboldagi ustuvor harakatlar belgilandi, aniqlangan moliyaviy kamchiliklar muhokama qilindi, kelajakdagi resurslarga bo‘lgan ehtiyoj baholandi va qor qoplonini saqlash tashabbuslarini moliyalashtirish usullari aniqlandi.
Qayd etilishicha, xalqaro taraqqiyot tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va donor davlatlar ishtirokidagi mazkur yig‘ilish qor qoplonlari populyatsiyasini saqlash va iqlim ta’siriga moslashish maqsadida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, loyihalarni boshlash va mamlakatga grant mablag‘larini jalb qilish imkonini beradi.
“Muloqotni o‘z vaqtida o‘tkazish, qor qoplonlarining yashash muhitini asrab-avaylash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqish muhimligini inobatga olib, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha asosiy majburiyatlar belgilab berilgan tarixiy Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.
U hukumatlarni, rivojlanish bo‘yicha hamkorlarni va moliyaviy institutlarni iqlim o‘zgarishiga moslashish va saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni jadallashtirish uchun innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘rganish orqali GSLEP dasturi va tegishli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.