Moskvadagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yildi

© UzGUMYaVozlojenie svetov k pamatniku Alishera Navoi v Moskve
Vozlojenie svetov k pamatniku Alishera Navoi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2024
Obuna bo‘lish
Bugun 9-fevral — buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi nishonlanmoqda.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Moskvada Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, diplomatik korpus xodimlari, Moskva davlat lingvistika universiteti (MGLU) O‘zbek tili va madaniyati markazi direktori, o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Begam Karayeva va UzGUMYa-MGLU qo‘shma ta’lim dasturi talabalari ishtirok etishdi.

Bugun 9-fevral — buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi nishonlanmoqda. ushbu munosabat bilan dunyoning ko‘plab shaharlarida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda, buyuk shoir haykali poyiga gullar qo‘yilmoqda.
Darvoqe, Alisher Navoiyning haykallari bugungi kunda Boku, Moskva, Shanxay, Vashington, Ashxobod, O‘sh, Ostona, Seul, Minsk, Dushanbe shaharlari va Yaponiya mamlakatida o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0