Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII mamlakatlarida benzin narxi qanday farq qiladi?

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishZapravochnaya stansiya, illyustrativnoe foto
Zapravochnaya stansiya, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2024
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi 2023-yilda YeOIIda yoqilg‘i narxi qanday o‘zgargani va benzinning o‘rtacha narxini e’lon qildi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida 2023-yilda benzin narxi 7 foizga, dizel yoqilg‘isi 9 foizga, elektr energiyasi 0,3 foizga oshdi, deyiladi YeIK saytida.

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida avtomobil benzini iste’mol narxlari indeksi 2023-yil dekabr oyida yillik ko‘rsatkichda 10,6 foizni, dizel yoqilg‘isi uchun 10,1 foizni, elektr energiyasi uchun to‘lovlar bo‘yicha 10,2 foizni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.

O‘tgan yilning dekabr oyida 2022-yilning shu davriga nisbatan benzin narxining eng katta o‘sishi Armaniston (24,3 foizga) va Qozog‘istonda (13,7 foizga) kuzatildi. Dizel yoqilg‘isi esa Qozog‘iston (15,2 foizga) va Rossiyada (10,0 foizga) oshgan.
Qirg‘iziston (23,1 foizga) va Qozog‘istonda (19,9 foizga) elektr energiyasi narxi oshdi.
"Transneft" 2023-yilda YeOII mamlakatlariga neft mahsulotlarini yetkazish hajmini oshirdi
YeIK ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil dekabr oyida benzinning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘lgan (litr uchun):
Armanistonda – 1,39 dollar;
Belarusda - 0,73 dollar;
Qozog‘istonda – 0,44 dollar;
Qirg‘izistonda – 0,71 dollar;
Rossiyada – 0,60 dollar.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2024
O‘zbekistonda "Tatneft", "Saneg" va "Lukoyl" AYoQShlari ochilishi rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0