Taker Karlson nima sababdan Putindan intervyu olayotganini tushuntirib berdi

© AP Photo / Lynne SladkyTaker Karlson. Arxivnoe foto
Taker Karlson. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Obuna bo‘lish
Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida intervyuni bloklamaslikka va’da berdi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Amerikalik jurnalist Taker Karlsonning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyusi haqida e’lon qilgan videomurojaati X ijtimoiy tarmog‘ida to‘qqiz soat ichida 50 milliondan ortiq ko‘rildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Taker Karlson nima sababdan Putindan intervyu olayotganini quyidagicha tushuntirib berdi.
Ikki yildan buyon Ukrainada urush ketmoqda, yuz minglab yosh ukrainaliklar qurbon bo‘lmoqda. Bu haqiqiy insoniy falokatdir va bu ishlar amerikaliklar mablag‘lari evaziga amalga oshirilmoqda.
Uzoq muddatda esa, bu urush dunyoda harbiy va iqtisodiy muvozanatni o‘zgartirmoqda. AQSh Ikkinchi jahon urushidan keyin erishgan, ustuvorliklardan mahrum bo‘lmoqda.
Amerikaliklar bundan bexabar. Chunki asosiy OAVlarning barchasi nazorat ostida, ular muhim o‘zgarishlar haqida shunchaki jimlik saqlashmoqda.
O‘tgan davr mobaynida Ukraina amaldorlari va Zelenskiy bilan o‘nlab intervyular bo‘lib o‘tdi, lekin hech kim, urushning ikkinchi tomoni bo‘lgan Vladimir Putin bilan suhbat qilmadi.
Aksariyat amerikaliklar Putin nima sababdan urush boshlaganini yoki uning maqsadlarini bilmaydi. Ular hech qachon uning ovozini eshitmagan. Bu noto‘g‘ri.
Amerikaliklar, o‘zlari aralashib qolgan urush haqida imkon qadar ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Va biz ularga bu haqida aytib berishga haqlimiz, chunki bu bizning vazifamiz.
So‘z erkinligi - bizning tug‘ma huquqimizdir. Biz o‘z fikrimizni erkin aytish huquqi bilan tug‘ilganmiz va bu huquqni hech kim bizdan tortib ola olmaydi, Oq uyda kim o‘tirgan bo‘lishidan qat’iy nazar.
Bu safar ham ular bizga xalal berishga urinishdi, lekin biz baribir bu yerga yetib keldik. Biz bu yerga Putinni yaxshi ko‘rganimiz uchun emas, Amerikani yaxshi ko‘rganimiz uchun keldik.
Men sizni Vladimir Putinning gaplariga ishonishga da’vat qilmoqchi emasman. Shunchaki intervyuni to‘liq tomosha qiling, to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling va keyin o‘zingiz erkin fuqaro sifatida qaror qabul qiling.
Karlsonning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilinganidan keyin intervyuni bloklamaslikka va’da bergan. Bundan tashqari, video jurnalistning veb-saytida paydo bo‘ladi va uni bemalol ko‘rish mumkin. Karlson uni tahrir qilmasdan joylashtirishga va’da berdi.
Jurnalist, shuningdek, Vladimir Zelenskiydan intervyu olmoqchi ekanligini aytdi. U Ukraina prezidenti rozi bo‘lishiga umid bildirdi.
Shuningdek, Ilon Mask Taker Karlsonga tahdid qilganlarni hibsga olishga chaqirdi. U X ijtimoiy tarmog‘ida konservativ bloger Yan Chongning Rossiyaga tashrifi munosabati bilan Amerika siyosiy elitasidan kelib chiqqan jurnalist uchun ehtimoliy xavf haqida aytgan so‘zlarini shunday izohladi.
Chongning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p sonli amerikalik siyosatchilar va OAV vakillari allaqachon Karlsonning tutgan pozitsiyasi tufayli uni hibsga olishga chaqirishgan.

"Uni hibsga olishga chaqirganlarni hibsga oling", — dedi Ilon Mask.

Vedushiy telekanala Fox News Taker Karlson. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2024
AQShning eng taniqli jurnalisti Putindan intervyu olish uchun Rossiyaga keldi
Yangiliklar lentasi
0