O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi yangi bosh konsuli vazifasiga kirishdi

© Sputnik / Aleksey DanichevSankt-Peterburg
Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Obuna bo‘lish
Abdurahmon Mahmudov Sankt-Peterburgdagi Bosh konsullikni boshqargan Alisher Babayev o‘rniga tayinlandi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonning yangi bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov Sankt-Peterburgda o‘z vazifasini bajarishga kirishdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Abdurahmon Mahmudov 2019-yildan 2024-yilgacha Sankt-Peterburgdagi Bosh konsullikni boshqargan Alisher Babayev o‘rniga tayinlandi.
© IA DunyoAbduraxmon Maxmudov
Abduraxmon Maxmudov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Abduraxmon Maxmudov
“O‘zbekistonning yangi bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov Rossiya shimoliy poytaxtiga yetib keldi”, — deyiladi xabarda.
Yangi bosh konsul Namangan davlat universiteti (bakalavr) va Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 37 yoshli diplomat Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida, TIV tuzulmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2019–2023 yillarda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoli-G‘arbiy mintaqalari kiradi. Bular quyidagi 11 ta hudud: Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Arxangelsk viloyati, Vologda viloyati, Kaliningrad viloyati, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri va Nenes avtonom okrugi.
Yangiliklar lentasi
0