https://oz.sputniknews.uz/20240207/ozbekiston-elektromobillar-sotuv-42372220.html
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar ko‘paydi
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar ko‘paydi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevga elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi.
2024-02-07T09:23+0500
2024-02-07T09:23+0500
2024-02-07T12:15+0500
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
elektromobil
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22857177_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0cc4be2b4b51bcd8b64957a0917076fb.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 3-yilda elektromobillar sotuvi 10 barobar ko‘paydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi elektromobil ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, bugungi kunda 8 ta zavodda o‘nlab turdagi avtomobillar, yo‘lovchi va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Yana 2 mingdan ziyod korxonada kooperatsiya asosida butlovchi va ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda. Pulli to‘xtash va elektromobil uchun alohida joylar: yo‘l harakatining yangi talablari qanday?Mazkur yangi tarmoqda raqobatbardosh bo‘lish uchun, eng avvalo, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalar kerak. Shu bois Turin politexnika instituti, muhandislik markazlari, ilmiy institut va laboratoriyalarni o‘zaro bog‘laydigan yaxlit tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.Shuningdek, bu soha rivojlanishi bilan mutaxassis va ishchilarga talab ortadi. Yaqin uch yilda bu talab 10 mingga yetishi mumkin. Shuning uchun malakali kadrlar tayyorlashni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilishi belgilandi.Eslatib o‘tamiz, yanvarda Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida prezident “BYD” kompaniyasining bosh qarorgohida bo‘ldi. Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyiha boshlandi. Kompaniya rahbari bilan muzokara chog‘ida yaqin istiqbolda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 ming donagacha yetkazish bo‘yicha fikr almashilgan edi.Rossiya tez orada YeOII aholisining elektromobilga bo‘lgan talabini qondira oladi
https://oz.sputniknews.uz/20240125/xitoy-shavkat-mirziyoev-avtomobil-42217044.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22857177_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3932334c618b141f23967d259c63ca98.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev elektromobil
shavkat mirziyoyev elektromobil
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar ko‘paydi
09:23 07.02.2024 (yangilandi: 12:15 07.02.2024) Mamlakatda elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 3-yilda elektromobillar sotuvi 10 barobar ko‘paydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi elektromobil ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimotda
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, bugungi kunda 8 ta zavodda o‘nlab turdagi avtomobillar, yo‘lovchi va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Yana 2 mingdan ziyod korxonada kooperatsiya asosida butlovchi va ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda.
“So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar ko‘paygan. 2023-yilda import qilingan avtomobillarning 35 foizini elektromobil va gibridlar tashkil qilgan. Shu bois mutasaddilarga bu yo‘nalishdagi marralarni kengroq olib, loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. “BYD” kompaniyasi hamkorlarini jalb qilib, elektromobillar uchun butlovchi qismlarni o‘zlashtirish zarurligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur yangi tarmoqda raqobatbardosh bo‘lish uchun, eng avvalo, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalar kerak. Shu bois Turin politexnika instituti, muhandislik markazlari, ilmiy institut va laboratoriyalarni o‘zaro bog‘laydigan yaxlit tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, bu soha rivojlanishi bilan mutaxassis va ishchilarga talab ortadi. Yaqin uch yilda bu talab 10 mingga yetishi mumkin. Shuning uchun malakali kadrlar tayyorlashni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, yanvarda Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida prezident “BYD” kompaniyasining bosh qarorgohida bo‘ldi. Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyiha boshlandi. Kompaniya rahbari bilan muzokara chog‘ida yaqin istiqbolda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 ming donagacha yetkazish bo‘yicha fikr
almashilgan edi.