Ka-52M Lugansk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlarining boshqaruv markazini yo‘q qildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota razvedivatelno-udarnix vertoletov Ka-52 v zone SVO.
Rabota razvedivatelno-udarnix vertoletov Ka-52 v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Obuna bo‘lish
Jangovar missiyani bajarish uchun rus jangchilari boshqarilmaydigan aviatsiya raketalaridan foydalangan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Ka-52M jangovar vertolotlari ekipajlari Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalariga boshqarilmaydigan aviaraketalari bilan hujum qilishdi, Ukraina Qurolli kuchlarining boshqaruv markazi va zirhli texnikasini yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Ka-52M vertolotlarida armiya aviatsiyasi ekipajlari zarba berish guruhining bir qismi sifatida Lugansk yo‘nalishida dushman tayanch puktlari va ishchi kuchiga boshqarilmaydigan aviaraketalar yordamida zarbalarni amalga oshirdi. Quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jangovar missiyani bajarish chog‘ida uchuvchilar aviatsion o‘qchining koordinatalariga rioya qilib, raketalarni urdi va Ukraina Qurolli kuchlarining boshqaruv markazi va zirhli texnikasini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, umuman olganda, armiya aviatsiyasi jangovar hududga qo‘shinlar va harbiy yuklarni yetkazib berish uchun javobgardir. Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlarining samolyotlari va vertolotlari Maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilari va qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalari karvonlariga havodan hamrohlik qilmoqda.
Polet istrebitelya-bombardirovshika Su-34 v zone provedeniya spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Su-34 “aqlli” bombalar yordamida Ukraina Qurolli kuchlarining boshqaruv punktini yo‘q qildi
Yangiliklar lentasi
0