https://oz.sputniknews.uz/20240206/turkiy-investitsiya-fond-yigilish-tayyorgarlik-42362583.html
Turkiy investitsiya fondining ta’sis yig‘ilishiga tayyorgarlik boshlanmoqda
Turkiy investitsiya fondining ta’sis yig‘ilishiga tayyorgarlik boshlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Turkiy investitsiya fondi direktori bilan uchrashdi.
2024-02-06T13:00+0500
2024-02-06T13:00+0500
2024-02-06T18:50+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkiy davlatlar tashkiloti (tdt)
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/06/42359739_0:85:1280:806_1920x0_80_0_0_98db2da8377f5624540fcb7b9afbc0fc.jpg
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Toshkentda Turkiy investitsiya fondiga a’zo mamlakatlar Boshqaruv kengashining bo‘lajak ta’sis yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Turkiy investitsiya fondi direktori Bagdod Amrayev mintaqaviy hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqishdi.Tomonlar fondni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash bo‘yicha davlat ichki tartib-qoidalarining muvaffaqiyatli yakunlanganini, shuningdek, bu borada savdoni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ochilayotgan investitsiya imkoniyatlarini olqishlashdi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 16-mart kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) navbatdan tashqari sammitida Turkiy investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.Uning ustav kapitali 500 million dollarni tashkil etadi. Jamg‘arma mablag‘lari TDT mamlakatlarida savdo, qo‘shma loyihalar, yashil iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, transport, logistika va boshqa sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.Xalqaro moliya tashkiloti maqomiga ega Turkiy sarmoya fondining bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan bo‘lib, 20-yil davomida faoliyat yuritadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ hisoblanadi.Ma’lumot uchun, Turkiy davlatlar tashkiloti 2021-yil noyabr oyida 2009-yilda tuzilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) nomining o‘zgartirilishi natijasida paydo bo‘lgan. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/06/42359739_92:0:1228:852_1920x0_80_0_0_1858714447bbb62d067f854a51063810.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi turkiy investitsiya fondi turkiy investitsiya fondi ta’sis yig‘ilish
o‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi turkiy investitsiya fondi turkiy investitsiya fondi ta’sis yig‘ilish
Turkiy investitsiya fondining ta’sis yig‘ilishiga tayyorgarlik boshlanmoqda
13:00 06.02.2024 (yangilandi: 18:50 06.02.2024) O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Turkiy investitsiya fondi direktori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Toshkentda Turkiy investitsiya fondiga a’zo mamlakatlar Boshqaruv kengashining bo‘lajak ta’sis yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
ma’lum qildi. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Turkiy investitsiya fondi direktori Bagdod Amrayev mintaqaviy hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqishdi.
“Ishtirokchi-davlatlar o‘rtasida savdoni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun bu borada ochilayotgan investitsiya imkoniyatlari, shuningdek, bo‘lajak Boshqaruv Kengashi – Jamg‘arma a’zosi Boshqaruvchilar kengashining ta’sis yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Tomonlar fondni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash bo‘yicha davlat ichki tartib-qoidalarining muvaffaqiyatli yakunlanganini, shuningdek, bu borada savdoni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ochilayotgan investitsiya imkoniyatlarini olqishlashdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 16-mart kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) navbatdan tashqari sammitida Turkiy investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.
Uning ustav kapitali 500 million dollarni tashkil etadi. Jamg‘arma mablag‘lari TDT mamlakatlarida savdo, qo‘shma loyihalar, yashil iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, transport, logistika va boshqa sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Xalqaro moliya tashkiloti maqomiga ega Turkiy sarmoya fondining bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan bo‘lib, 20-yil davomida faoliyat yuritadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Turkiy davlatlar tashkiloti 2021-yil noyabr oyida 2009-yilda tuzilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) nomining o‘zgartirilishi natijasida paydo bo‘lgan. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.