https://oz.sputniknews.uz/20240206/mask-bayden-mamuriyat-immigratsiya-siyosat-42368049.html
Mask Bayden ma’muriyatining immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Mask Bayden ma’muriyatining immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
Mask: Bayden ma’muriyati noqonuniy migrantlar uchun qizil gilam to‘shamoqda.
2024-02-06T19:15+0500
2024-02-06T19:15+0500
2024-02-06T19:15+0500
aqsh
jo bayden
ilon mask
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
isroil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1d/39440158_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_6b42caecf8bc96343e394958a3ce8e13.jpg
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati chegaralarni himoya qilish o‘rniga oyoq ostiga “qizil gilam to‘shamoqda”. Bunday fikrni tadbirkor Ilon Mask bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.Mask avvalroq ham Bayden ma’muriyatini “noqonuniy migratsiyani faol qo‘llab-quvvatlayotgani” uchun tanqid qilgan edi. Tadbirkorning hozirgi izohi Senatning Ukrainaga yordam berish va Amerika chegarasini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilinganidan keyin yozildi.Dushanba kuni AQSh Senati chegara xavfsizligi, Ukraina va Isroilga yordam uchun pul ajratishni birlashtiradigan qonun loyihasini taqdim etdi. Umuman olganda, qonun loyihasi bo‘yicha 118,28 milliard dollar ajratish taklif qilinadi, shundan 60,06 mlrd dollari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun. Chegara xavfsizligini ta’minlash uchun esa 3 baravar kam – 20,2 milliard dollar sarflash rejalashtirilmoqda. Prezident Jo Bayden qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Kongressni uni imkon qadar tezroq qabul qilishga da’vat qildi.Taklif etilayotgan qonun loyihasi respublikachi siyosatchilarning qattiq tanqidiga uchradi. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp fikriga ko‘ra, AQSh Senati tomonidan taqdim etilgan "dahshatli" qonun loyihasi uchun faqat ahmoq yoki radikal demokrat ovoz beradi.AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev, Isroilga yordam ko‘rsatish va AQShning o‘z chegaralarini himoya qilishni o‘zida mujassam etgan qonun loyihasi "kutilganidan ham yomonroq" va tashabbus muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynashmoqda” degan. Kremlning ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan to‘ldirish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Lavrov, shuningdek, AQSh va NATO Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etayotganini, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanayotganini ta’kidladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1d/39440158_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_67f3b449113d33325ca3a7c778c6ca5f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mask bayden immigratsiya siyosati
mask bayden immigratsiya siyosati
Mask Bayden ma’muriyatining immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Mask: Bayden ma’muriyati noqonuniy migrantlar uchun qizil gilam to‘shamoqda.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati chegaralarni himoya qilish o‘rniga oyoq ostiga “qizil gilam to‘shamoqda”. Bunday fikrni tadbirkor Ilon Mask bildirdi, deb yozmoqda
RIA Novosti. Mask avvalroq ham Bayden ma’muriyatini “noqonuniy migratsiyani faol qo‘llab-quvvatlayotgani” uchun tanqid qilgan edi. Tadbirkorning hozirgi izohi Senatning Ukrainaga yordam berish va Amerika chegarasini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilinganidan keyin yozildi.
“Bu ma’muriyat va ko‘plab shtatlar chegaralarni qo‘riqlash o‘rniga qizil gilam to‘shamoqda (noqonuniy migrantlar uchun – tahr.)”, — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqda.
Dushanba kuni AQSh Senati chegara xavfsizligi, Ukraina va Isroilga yordam uchun pul ajratishni birlashtiradigan qonun loyihasini taqdim etdi. Umuman olganda, qonun loyihasi bo‘yicha 118,28 milliard dollar ajratish taklif qilinadi, shundan 60,06 mlrd dollari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun. Chegara xavfsizligini ta’minlash uchun esa 3 baravar kam – 20,2 milliard dollar sarflash rejalashtirilmoqda. Prezident Jo Bayden qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Kongressni uni imkon qadar tezroq qabul qilishga da’vat qildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi respublikachi siyosatchilarning qattiq tanqidiga uchradi. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp fikriga ko‘ra, AQSh Senati tomonidan taqdim etilgan "dahshatli" qonun loyihasi uchun faqat ahmoq yoki radikal demokrat ovoz beradi.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev, Isroilga yordam ko‘rsatish va AQShning o‘z chegaralarini himoya qilishni o‘zida mujassam etgan qonun loyihasi "kutilganidan ham yomonroq" va tashabbus muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynashmoqda” degan. Kremlning ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan to‘ldirish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Lavrov, shuningdek, AQSh va NATO Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etayotganini, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanayotganini ta’kidladi.