BAA kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindidan muqobil energiya olishga yordam beradi

© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki UzbekistanObsujden vopros pererabotki otxodov i polucheniya iz nix alternativnoy energii.
Obsujden vopros pererabotki otxodov i polucheniya iz nix alternativnoy energii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2024
Obuna bo‘lish
Abu-Dabining chiqindilarni boshqarish sohasidagi eng yirik kompaniyasi Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi chiqindi poligonlari hamda chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini o‘rganadi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindini qayta ishlash va undan muqobil energiya olishni maqsad qilgan loyiha ustida ishlamoqda, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Abu-Dabining chiqindilarni boshqarish sohasidagi eng yirik “Tadweer” kompaniyasi direktori Ali al-Dhaheri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki UzbekistanObsujden vopros pererabotki otxodov i polucheniya iz nix alternativnoy energii
Obsujden vopros pererabotki otxodov i polucheniya iz nix alternativnoy energii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2024

“Tadweer" bilan amalga oshiriladigan loyiha loyihaning ahamiyati shundaki, qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish orqali ularning hajmi kamaytiriladi va kimoviy moddalar zararsizlantiriladi. Shu bilan birga, chiqindilarni yoqish natijasida muqobil energiya ishlab chiqarish va ikkilamchi moddiy resurslarni ajratib olish imkoniyati yaratiladi", — dedi Abduhakimov.

Uchrashuv davomida chiqindilarni yig‘ish, monitoring tizimini joriy etish, “yashil” energiya ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki UzbekistanObsujden vopros pererabotki otxodov i polucheniya iz nix alternativnoy energii
Obsujden vopros pererabotki otxodov i polucheniya iz nix alternativnoy energii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2024

“Tez orada loyihaning amaliy qismiga o‘tamiz. Dastlab Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi chiqindi poligonlari hamda chiqindilarni qayta ishlash korxonalari faoliyatini o‘rganamiz, shart-sharoitlarni ko‘zdan kechiramiz. Hamkorligimiz har tomonlama samarali bo‘lishidan manfaatdormiz”, — dedi Ali al-Dhaheri.

Eslatib o‘tamiz, Dubayda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP28) doirasida “Tadweer” kompaniyasi bilan memorandum imzolangan. Memorandum chiqindilarni boshqarish sohasida zamonaviy innovatsion ekologik toza texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishni nazarda tutadi. Loyiha tozalanmagan chiqindilarni poligonlarga joylashtirishni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, atmosferaga issiqxona gazlari va zaharli organik moddalarni chiqarishni kamaytirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0