Rahmatulla Nazarov O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi

© IA "Dunyo"Raxmatulla Nazarov
Raxmatulla Nazarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2024
Obuna bo‘lish
Nazarov 2018–2021 yillarda elchixonani boshqargan Nosirjon Yusupov o‘rniga tayinlandi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Minsk shahrida O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Qayd etilishicha, Rahmatulla Nazarov Minskda 2021-yildan buyon elchixona maslahatchisi, Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarib kelgan.
Rahmatulla Nazarov 2018–2021 yillarda elchixonani boshqargan Nosirjon Yusupov o‘rniga tayinlandi. Tayinlovdan oldin u tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Nazarov 53 yoshda, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1995-yilda Toshkent shahridagi tijorat tuzilmalarida boshlagan.
1997 yilda Tashqi ishlar vazirligiga Shartnoma-huquq boshqarmasining attashesi lavozimiga ishga qabul qilingan, keyinroq boshqa bir qator boshqarmalarda turli lavozimlarda, jumladan, Tashqi ishlar vazirligining boshqarma boshlig‘i, shuningdek, Belgiya va Qirg‘izistondagi elchixonalarda, Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha milliy koordinator sifatida ishlagan.
O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida, Toshkentdagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazining birinchi direktori bo‘lgan hamda Senat a’zosi etib saylangan.
Minskdagi elchixona 2018-yilda ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0