O‘zbekistonda IT xizmatlari eksporti o‘sdi — Sherzod Shermatov

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2024
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p eksport hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘tgan yili barcha hududlarda IT-xizmatlari eksporti o‘sib, umumiy 344 mln dollarga yetdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Vazirining so‘zlariga ko‘ra, qator hududlarda IT-Park rezidentlari o‘z eksportlarini oshirishga erishgan. Eng ko‘p eksport hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
“Buyog‘iga asosan eksport uchun harakat qilish kerakligini va bu kabi sharoitlarni davom etishini reja qilgan kompaniyalar 2027-yil yakunigacha eksportlarini umumiy daromaddagi ulushini kamida 50 foizga chiqarishlari zarurligini barcha uchrashuvlarda AyTi Park rezidentlariga tushuntirib borayapmiz”, deb yozadi u Telegram-kanalida.
Aytilishicha, bu yil IT eksportini ko‘paytirish uchun asosan yoshlarni ko‘proq chet tillari va ITini o‘rganishiga qiziqtirish hamda chet ellik kompaniyalarni ko‘proq O‘zbekistonga, ayniqsa hududlarga taklif etish zarur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda mamlakatda IT kompaniyalar soni 1 ming 600 taga yetgan. 2017-yilda 600 ming dollar bo‘lgan eksport hajmi joriy yil yakuni bilan 300 million dollardan oshishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2023
Mirziyoyev IT, turizm, investitsiya salohiyatining yaxlit imijini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Yangiliklar lentasi
0