O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik jadallashtiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2024
Obuna bo‘lish
Diplomatlar Lebap viloyatidagi "Turkmen Yyldyzy", "Altyn Burgut" va "Sir Yag" korxonalari faoliyati bilan tanishdilar.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Turkmanistonning Lebap viloyatiga bordi, deb xabar berdi "Dunyo" AA.
Safar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi eksport hajmini oshirish va O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, turkman tomoni bilan chegaraoldi hududlararo savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Tashrif chog‘ida diplomatlar Lebap viloyatidagi "Turkmen Yyldyzy", "Altyn Burgut" va "Sir Yag" korxonalari faoliyati bilan tanishdilar.
Yiliga 700-800 kilometr kabellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Turkmen Yyldyzy" korxonasi bilan tanishish chog‘ida kompaniya direktori Gurbannazar Redjepov elektr o‘tkazgich alyuminiy simlarini O‘zbekistonning "ProCab" MChJ QKdan va PVX plastikatlarini "RD Guven" MChJ QKdan sotib olayotganini, joriy yilda import hajmi yanada oshirilishini ma’lum qildi.
Gurbannazar Redjepov hozirda mis kabellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiq ekanini bildirdi.
"Sir Yag" korxonasiga tashrif davomida korxona bugungi kunda sifatli avtomobil moylarini ishlab chiqarayotgani hamda ushbu mahsulotni maqbul narxlarda O‘zbekistonga yetkazib berishdan manfaatdor ekani ma’lum qilindi. Yaqin kelajakda "Sir Yag" korxonasi delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi safarini amalga oshirishga kelishib olindi.
"Altyn Burgut" korxonasi bilan tanishuv davomida ushbu tadbirkorlik subyekti bugungi kunda 8,5 gektar yerga issiqxonalar barpo qilib, yiliga 1,8-1,9 ming tonna pomidor yetishtirish va mahsulotni Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eksport qilish bilan shug‘ullanayotgani aytib o‘tildi.
Korxona direktori Begench Chariyev hozirda uning kompaniyasi ixtiyorida davlatdan olingan yana 30 gektar qo‘shimcha yerlar mavjudligini, unda yangi issiqxonalarni barpo etishda O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.
"Altyn Burgut" korxonasi rahbari, shuningdek, issiqxonada yetishtirilgan pomidorlarni O‘zbekistonga maqbul narxlarda yetkazib berishga tayyorligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0