Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatiladi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovTES Bishkek
TES Bishkek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2024
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 1000 ta suyultirilgan gaz ballonlari yetib bordi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Kecha, 2-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Saidov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston tomoni Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
O‘z navbatida, Kulubayev samimiy minnatdorlik bildirdi.
Bugun O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 1000 ta suyultirilgan gaz ballonlari yetib bordi.
Eslatib o‘tamiz, 2-fevral kuni yarim tunda Bishkek IESda portlash yuz berdi. Oqibatda poytaxt issiqlik ta’minotidan uzilib qoldi.
Yangiliklar lentasi
0