Qonun: pedagogni obodonlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishInventar dlya uborki ulis, arxivnoe foto
Inventar dlya uborki ulis, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2024
Obuna bo‘lish
Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024 y.) prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.
Qonunga ko‘ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Plenarnoe zasedanie Senata. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Senat “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0