Prezidentga metallurgiya sohasidagi rejalar haqida axborot berildi
09:36 02.02.2024 (yangilandi: 11:16 02.02.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu metallurgicheskix predpriyatiy.
Obuna bo‘lish
Taqdimotda mutasaddilar ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish va investitsiyalar jalb etish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-fevral kuni metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi O‘zbekiston iqtisodiyotida katta o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda bu to‘rtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritildi. Buning natijasida oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush 60 foizga oshdi. Navoiy kombinatida yangi konlar o‘zlashtirilib, 3 ta zavod ishga tushirildi. O‘zmetkombinat va Navoiyuranda ham ishlab chiqarish ko‘paydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu metallurgicheskix predpriyatiy.
Umuman, o‘tgan 6-yilda ushbu korxonalarning jami sanoatdagi ulushi 10 foizdan 17 foizga, budjet tushumlarida esa 11 foizdan 25 foizga oshgan.
Taqdimotda mutasaddilar ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish va investitsiyalar jalb etish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.
Davlat rahbari xorijiy ekspertlarni jalb etib, kombinatlarni raqamli transformatsiya qilish, bunda “yashil” texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Investitsiyalarni o‘zlashtirish va yangi loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po razvitiyu metallurgicheskix predpriyatiy.
Ishlab chiqarishda operatsion xarajatlar va energiya sarfini maqbullashtirib, tannarxni qisqartirish vazifalari qo‘yildi. Shuningdek, kombinatlarda mehnat unumdorligini oshirish, rahbar va mutaxassislar faoliyatiga samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy qilish muhimligi qayd etildi.