YeOII mamlakatlari hukumatlari rahbarlari “Digital Almaty 2024” forumida qatnashdi
16:34 02.02.2024 (yangilandi: 19:02 02.02.2024)
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanObsujdeni prioritetnie napravleniya sifrovogo razvitiya
© Pravitelstvenniy portal Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Tadbirda ta’kidlanishicha, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot inson faoliyati barcha sohalarda jadal o‘zgarishini hisobga olgan holda, global rivojlanishning asosiy omiliga aylandi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Bugun, 2-fevral kuni Olmaota shahrida har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Digital Almaty 2024: X industriyasi” forumi bo‘lib o‘tdi. Ishchi tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Hukumati delegatsiyasi vakillari ushbu forumda ishtirok etdi, deya xabar berdi Hukumat portali.
Forumda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin, Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Kasimaliyev qatnashdi.
Tadbirda ta’kidlanishicha, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot inson faoliyati barcha sohalarda jadal o‘zgarishini hisobga olgan holda, global rivojlanishning asosiy omiliga aylandi.
Xususan, O‘zbekistonda ham raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanObsujdeni prioritetnie napravleniya sifrovogo razvitiya
© Pravitelstvenniy portal Respubliki Uzbekistan
O‘zbekiston bosh vaziri mazkur strategiya doirasida davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda ularning amaliy natijalari haqida forum ishtirokchilariga so‘zlab berdi.
Qayd etilishicha, kelgusi yillarda IT-xizmatlar eksporti jadal o‘sishi uchun qulay muhit yaratish, O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochayotgan xorijiy kompaniyalarni hamda mahalliy IT-kompaniyalarni tashqi bozorlarga chiqishda qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatlarining samaradorligi va fuqarolar uchun qulayligini oshirish singari ko‘plab ustuvor vazifa hamda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda yoshlarning IT-startaplarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million AQSh dollari bo‘lgan “President Tech Award” tanlovini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Forumda birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali yangi texnologiyalarni joriy etish mamlakatlarning jadal raqamli rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanObsujdeni prioritetnie napravleniya sifrovogo razvitiya
© Pravitelstvenniy portal Respubliki Uzbekistan
Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni sun’iy intellekt sohasida texnologiyalar va bilim almashish uchun mintaqaviy ekspert platformasini yaratishni taklif etdi.