Rossiya xorijda yashovchi fuqarolarining maqomini aniqlashtirishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPasport grajdanina RF
Pasport grajdanina RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2024
Obuna bo‘lish
Gap mamlakatdan tashqarida yashovchi ruslarni konsullik ro‘yxatidan o‘tkazishni joriy etish va keyinchalik ularning huquqiy maqomini aniqlashtirish haqida bormoqda.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasining chet elda yashovchi fuqarolarini majburiy konsullik ro‘yxatidan o‘tkazishni joriy etish masalasi idoralararo formatda ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bu ish Rossiya Federatsiyasining 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasini 2024-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, "ushbu ish natijalariga ko‘ra, xususan, "Rossiya Federatsiyasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaro" tushunchasining barqaror ta’rifini shakllantirish, shuningdek, ushbu toifadagi fuqarolarning huquqiy maqomi ham belgilab qo‘yish” rejalashtirilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 2025-yilning 20-iyuniga qadar tegishli hisobot va normativ hujjatlar loyihasini hukumatga taqdim etadi.
Yangiliklar lentasi
0