Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘tgan yilda YeOIIda tashqi qarz va xalqaro xizmatlar savdosi qanday o‘zgardi — tafsilotlar

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishYeAES 2023. Rabota foruma
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2024
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi YeOII mamlakatlarida tashqi qarz dinamikasi va xizmatlar xalqaro savdosi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) tashqi qarzi 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 119,7 milliard dollarga (18 foizga) kamaygan, deya xabar berdi YeIK.
“2022 yilning shu sanasiga nisbatan yalpi tashqi qarz Belarusda 11,7 foizga va Rossiyada 26,8 foizga kamaydi”, — deyiladi hisobotda.
Shu bilan birga, har ikki davlatda ham barcha sohalarda tashqi qarzning qisqarishi kuzatildi. Armanistonda qarz 9,5 foizga, Qozog‘istonda 0,8 foizga va Qirg‘izistonda 8,2 foizga oshgan.
O‘z navbatida, YeOIIda xalqaro xizmatlar savdosi 6 foizga oshdi.
“2023 yilning to‘qqiz oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lgan aksariyat davlatlarda va umuman YeOIIda xalqaro xizmatlar savdosining o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kuzatildi”, — deyiladi xabarda.
Armanistonda xizmatlar savdosining ijobiy saldosi 57,2 foizga oshdi, Belarusda esa 33,6 foizga kamaydi, deya qayd etdi YeIK Statistika departamenti.
Aksariyat a’zo davlatlarda xizmatlar eksporti va importi tarkibida eng katta ulush transport xizmatlari (Qozog‘istonda 50 foizgacha) va sayohat (Armanistonda 57 foizgacha) hissasiga to‘g‘ri keldi, deyiladi hisobotda.
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2024
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston 2-3 yil ichida YeOIIga to‘laqonli a’zo bo‘lishi mumkin — ekspert
Yangiliklar lentasi
0