Islom Karimov: O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasi qanday abadiylashtirilgan?
Islom Karimov: O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasi qanday abadiylashtirilgan?
Sputnik O‘zbekiston
Maydon va ko‘chalarga, Toshkent aeroportigava poytaxtdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biriga atoqli davlat va siyosat arbobi nomi berilgan, respublikada ham... 30.01.2024, Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning birinchi prezidenti mamlakat davlat mustaqilligini e’lon qilgan respublika rahbari sifatida tarixda mangu qoladi. Uning bevosita rahnamoligida mamlakatni mustaqil rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi, besh tamoyilga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos modeli, respublikaning Asosiy qonuni ishlab chiqildi.U O‘zbekiston davlat bayrog‘i eskizini yaratishda qatnashgan. Islom Karimov mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga katta hissa qo‘shdi.O‘zbekistonda va xorijda Islom Karimov xotirasiga qanday hurmat bajo keltirilmoqda – Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida.
Maydon va ko‘chalarga, Toshkent aeroportigava poytaxtdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biriga atoqli davlat va siyosat arbobi nomi berilgan, respublikada ham, xorijda ham Islom Karimov haykallari o‘rnatilgan.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti mamlakat davlat mustaqilligini e’lon qilgan respublika rahbari sifatida tarixda mangu qoladi. Uning bevosita rahnamoligida mamlakatni mustaqil rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi, besh tamoyilga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos modeli, respublikaning Asosiy qonuni ishlab chiqildi.
U O‘zbekiston davlat bayrog‘i eskizini yaratishda qatnashgan. Islom Karimov mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga katta hissa qo‘shdi.
O‘zbekistonda va xorijda Islom Karimov xotirasiga qanday hurmat bajo keltirilmoqda – Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida.
Samarqand shahri Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasi. Maqbara 2018-yil 30-yanvarda ochildi. U O‘zbekistonning Birinchi prezidenti vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida bunyod etilgan.
Asaka avtomobil zavodidagi Islom Karimov yodgorlik majmuasi. Mazkur majmua 2017-yil 6-dekabrda ochilgan. Islom Karimov O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi bo‘lgan soha – avtomobilsozlik sanoatiga asos solgan va uni rivojlantirish tashabbusini hayotga tatbiq etgan. Xususan, Asaka avtomobil zavodiga asos solinishida uning o‘zi bevosita ishtirok etgan.
Turkmanoboddagi Islom Karimov sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik. Shuningdek, Lebop viloyati ma’muriy markazining asosiy ko‘chalaridan biri ham Islom Karimov nomi bilan atalgan.
“Islom Karimov va O‘zbekistonda avtomobil sanoatining rivoji” nomli ko‘rgazma-muzey. 2017-yil 6-dekabr kuni Asaka avtomobil zavodida doimiy ravishda faoliyat yuritadigan "Islom Karimov va O‘zbekistonda avtomobil sanoatining rivoji" ko‘rgazma-muzey ish boshlagan.