Islom Karimov — biografiya

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning tarjimai holi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. Millati – o‘zbek. 1955-yili Samarqanddagi A.S.Pushkin nomli 21-o‘rta maktabni tamomladi.
© Fond imeni Islama KarimovaO‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
Maktab yillaridan boshlab ko‘p kitob o‘qigan va uning maktab davridagi insholari sinfdoshlari uchun o‘rnak bo‘lgan. Ularning eslashicha, u yordamga muhtoj bo‘lganlarga ko‘maklashish uchun ko‘pincha darslardan keyin qolardi.
© Fond imeni Islama KarimovaO‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
Uni sinfdoshlari shunday xotirlaydi: "Kattalardan biri mevalar yig‘im-terimi vaqtida bolalardan kelgusida kim bo‘lmoqchi ekanliklarini so‘raganda ularning aksariyati uchuvchi, chilangar kabi kasblarni aytgan. Yosh Islomning javobi ham bolalarni, ham kattalarni lol qoldirdi. “Amir Temurdek bo‘lmoqchiman”, deb javob berdi mamlakatning bo‘lajak yetakchisi.
1960 yili O‘rta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. U “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi.
© Fond imeni Islama KarimovaO‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.

Mehnat faoliyati

1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlab, master yordamchisi, master, texnolog vazifalarini bajardi;
1961 yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi;
1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bo‘lim yetakchi mutaxassisi, rais yordamchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, Davlat plan komiteti raisining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi;
1967 yili u Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlab, iqtisodchi mutaxassisligini oldi. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi;
O‘zbekiston SSR Moliya ministri (1983-1986);
Davlat plan komiteti raisi va O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari (1986);
Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi (1986-1989);
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1989-1991) lavozimlarida ishladi;
1990-1991 yillarda Sovet Ittifoqi Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Siyosiy burosi a’zosi bo‘ldi;
1990 yil martda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 31-avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi.
© Fond imeni Islama KarimovaO‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
1991 yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston prezidenti etib saylandi;
1995 yil 26-martda o‘tgan umumxalq referendumi yakuniga ko‘ra uning prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi;
2000 yili muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq Islom Karimov 7-yil muddatga saylandi;
2007 yil 23-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda Karimov 7-yil muddatga saylandi;
2015 yil 29-martda muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq Islom Karimov 5-yil muddatga davlat rahbarligiga saylandi.
Iqtisodiyot, fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Islom Abdug‘aniyevich xorijiy davlatlardagi bir qator universitetlarning faxriy doktori va akademigi etib saylangan:
Ahmad Yassaviy nomidagi Turkiston davlat universitetining faxriy professori (Qozog‘iston), 1992-yil.
Zitouna universitetining faxriy professori (Tunis), 1992-yil.
“Sogan” universitetining iqtisodiyot fanlari doktori (Koreya Respublikasi), 1992-yil.
Al-Azxar universitetining faxriy professori (Misr), 1992-yil.
Javaharlal Neru universitetining faxriy fan doktori (Hindiston), 1994-yil.
Boku davlat universitetining faxriy fan doktori (Ozarbayjon), 1996-yil.
Fan, ta’lim, sanoat va san’at xalqaro akademiyasi prezidiumining faxriy a’zosi (AQSh), 1997-yil.
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining faxriy fan doktori, 1998-yil.
Aviatsiya va havoda uchish akademiyasining amaldagi a’zosi (akademigi) (Rossiya), 1998-yil.
Oliy maktab xalqaro maktabining faxriy a’zosi, akademigi (Rossiya), 1999-yil.
Fontis universitetining iqtisodiyot faxriy professori (Niderlandiya), 2000-yil.
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi Faxriy fan doktorlari xalqaro klubining a’zosi, 2000-yil.
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining faxriy professori, (Rossiya), 2001-yil.
Vaseda universitetining faxriy professori (Yaponiya), 2002-yil.
Soka universitetining faxriy doktori (Yaponiya), 2002-yil.
Sorbonna-Parij IV universitetining iqtisodiyot professori, (Fransiya), 2003-yil.
“Rossiya tog‘ konchisi” oltindan yasalgan ko‘krak nishoni bilan mukofotlagan holda Rossiya tog‘-konchilik fanlari akademiyasining xorijlik a’zosi, (Rossiya), 2004-yil.
Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetining faxriy fan doktori, (Ukraina), 2004-yil.

Oilasi

Karimovlar oilasida sakkiz farzand o‘sib ulg‘ayadi: bir qiz – Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid. Barcha o‘g‘il farzandlar oliy ma’lumot olgan, ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi bo‘lgan.
© Fond imeni Islama KarimovaO‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, arxiv surat.
Islom Abdug‘aniyevich sevimli farzand, turmush o‘rtoq, ota va bobo ham edi. U o‘zining ota-onalari haqida, ayniqsa, onasi Sanobar oyini katta mehr va iliqlik bilan eslagan. Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, o‘z hayoini ularning tarbiyasiga bag‘ishlagan.
U rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan 47-yil turmush qurdi.
© Foto : Fond imeni Islama KarimovaO‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va uning rafiqasi, arxiv surat.
Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va uning rafiqasi, arxiv surat.
Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bor.
© Foto iz lichnogo arxiva Tatyani KarimovoyO‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov oilasi bilan, arxiv surat.
Islam Karimov na otdixe vmeste so svoyey semyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2023
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov oilasi bilan, arxiv surat.
O‘zbekiston davlati asoschisi va birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi. Karimov mamlakatni 25-yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelgan. Karimov Samarqandda dafn etilgan.
Islom Karimovni dafn etish marosimi tasviri
Lola Karimova O‘zbekiston birinchi prezidentining so‘nggi onlari qanday o‘tgani haqidagi batafsil hikoya qilgan edi. Aytilishicha, Islom Karimov bir necha yil avval o‘z rafiqasi bilan Samarqand shahrini ziyorat qilganlarida Hazrat Xizr masjidi yonidagi joyni ko‘rsatib, ularni aynan shu masjid oldida dafn etishlarini vasiyat qilgan.
Toshkentda 2017-yil O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochildi. Samarqandda Karimov maqbarasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. 2018-yilda Islom Karimov tavalludining 80-yilligi arafasida Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi.
Vladimir Putin Karimov unga juda iliq munosabatda bo‘lganini aytdi
2017 yilda Turkmanobodda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik, 2018-yilda Rossiya poytaxtida Islom Karimov haykali tantanali ravishda ochilgan. Shuningdek, 2016-yilda Moskvaning Yakimanka tumanidagi shahar xiyoboniga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi.
Yangiliklar lentasi
0