https://oz.sputniknews.uz/20240130/buxoro-tibbiyot-oliygohlar-talabalar-xalqaro-olimpiada-42263209.html
Buxoroda MDHdan kelgan tibbiyot talabalari ishtirokida xalqaro olimpiada o‘tkazildi
Buxoroda MDHdan kelgan tibbiyot talabalari ishtirokida xalqaro olimpiada o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Olimpiadada davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba an’anaviy tarzda ishtirok etdi.
2024-01-30T09:30+0500
2024-01-30T09:30+0500
2024-01-30T09:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
buxoro
talabalar
olimpiada
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1e/42263047_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_37293611fa3817b109618ca5b5b3ba01.jpg
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Buxoroda tibbiyot oliygohlari talabalarining IV xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarusdan kelgan talabalar ham ishtirok etishdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan navbatdagi talabalar olimpiadasi “Abu Ali ibn Sino ta’limotdan uchinchi rennesansgacha” deb nomlandi.Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, O‘zbekistondagi davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba an’anaviy tarzda ishtirok etdi.Ishtirokchilar bir nechta seksiya va yo‘nalishlar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.Shuningdek, xalqaro olimpiada doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari uchun chet ellik va mahalliy yetakchi mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari, pediatriya va stomatologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 20ga yaqin mahorat darsi o‘tkazildi.Olimpiada g‘oliblari va faol ishtirokchilar 1-, 2-, 3-darajali diplomlar hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1e/42263047_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_375812d698dcbe068dd442cea993d546.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro davlat tibbiyot instituti talabalar olimpiadasi abu ali ibn sino ta’limotdan uchinchi rennesansgacha
buxoro davlat tibbiyot instituti talabalar olimpiadasi abu ali ibn sino ta’limotdan uchinchi rennesansgacha
Buxoroda MDHdan kelgan tibbiyot talabalari ishtirokida xalqaro olimpiada o‘tkazildi
Olimpiadada davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba an’anaviy tarzda ishtirok etdi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Buxoroda tibbiyot oliygohlari talabalarining IV xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarusdan kelgan talabalar ham ishtirok etishdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
xabar berdi. Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan navbatdagi talabalar olimpiadasi “Abu Ali ibn Sino ta’limotdan uchinchi rennesansgacha” deb nomlandi.
Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, O‘zbekistondagi davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba an’anaviy tarzda ishtirok etdi.
Ishtirokchilar bir nechta seksiya va yo‘nalishlar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
“Natijalarga ko‘ra, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti jamoasi 1- o‘rin, Voronej davlat tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi 2-o‘rin, Tojikiston tibbiyot universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Kurolli kuchlari xarbiy tibbiyot akademiyasi talabalari esa faxrli uchinchi o‘rin sohibiga aylanishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xalqaro olimpiada doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari uchun chet ellik va mahalliy yetakchi mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari, pediatriya va stomatologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 20ga yaqin mahorat darsi o‘tkazildi.
Olimpiada g‘oliblari va faol ishtirokchilar 1-, 2-, 3-darajali diplomlar hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.