BMTning Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilishi qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi?

© Sputnik / RIA NovostiFlag Organizatsii Obyedinyonnix Natsiy (OON).
Flag Organizatsii Obyedinyonnix Natsiy (OON). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2024
Obuna bo‘lish
Dohada Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Shu yilning fevral oyida Dohada Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligida Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Buyuk Britaniya bosh vazirining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Endryu Makkubri o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Guterresh Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni dunyodagi eng yirik deb atadi

“Uchrashuvda Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillarning joriy yilning fevral oyida Qatar poytaxti Doha shahrida BMT bosh kotibi A.Guterrish raisligida bo‘lib o‘tadigan uchrashuviga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.

Har ikki tomonning fikricha, ushbu tadbir jahon hamjamiyatining Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha samarali yechimlarni topish borasidagi harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘onistonga qaytishi Rossiya uchun nomaqbul – Lavrov
Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2023
Afg‘on xalqining hayotini yengil qilishga munosib hissa qo‘shishimiz kerak — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0