2025 yildan Ai-80 markali benzindan foydalanish to‘xtatiladi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka, arxivnoe foto
Zapravka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aholini elektromobillarga o‘tishini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga 2025-yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish topshirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
“Bosh vazir A.Aripovga 2025-yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq berildi”, — deyiladi xabarda.
Tahlillarga ko‘ra, tirbandliklar ham havoning tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki, harakatdagi avtomobilga qaraganda tirbandlikda turganlari havoni ko‘proq ifloslantiradi.
Shu sababli, jamoat transportini rivojlantirish borasidagi ishlar yanada jadallashtiriladi.
Endilikda avtobuslar xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, metro vagonlari sonini oshirish bo‘yicha amaliy choralarni ham tezlashtirish lozim.
"Yashil energetika”ni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarning oldini olish va zararli oqibatlarni kamaytirish maqsadida aholini elektromobillarga o‘tishini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
Poytaxtda og‘ir yuk mashinalari, 10-yildan oshgan avtomobillar hamda “Yevro-4”dan past yonilg‘idan foydalanishning ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqiladi.
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2024
Toshkentda atmosfera havosining sifatini ko‘rsatuvchi monitorlar o‘rnatiladi
Yangiliklar lentasi
0