Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirdi — OAV

© Sputnik / Mariya Frolova / Mediabankka o‘tishZarubejnie strani. Severnaya Koreya
Zarubejnie strani. Severnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2024
Obuna bo‘lish
Renxap: Shimoliy Koreya sharqiy sohildan bir nechta qanotli raketalarni uchirdi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirdi. Bu haqda Renxap agentligi Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ma’lum qilinishicha, raketalar taxminan soat 8:00da (Moskva vaqti bilan 2:00) Shimoliy Koreyaning Sinpxo shahri yaqinidagi dengizdan mamlakat sharqiy sohilidagi Xamgon-Namdo provinsiyasida uchirilgan.
“Tafsilotlar Janubiy Koreya va AQSh razvedka idoralari tomonidan tahlil qilinmoqda”, — deyiladi harbiy bayonotda.
Harbiylar kuzatuv va tayyorgarlikni kuchaytirganini va Shimoliy Koreyaning kelgusi faoliyatini kuzatish uchun AQSh tomoni bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0