Endi eng yaxshi volontorlik loyihasi uchun 68 milliongacha pul berilishi mumkin

© UnsplashVolonter, illyustrativnoe foto
Volonter, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2024
Obuna bo‘lish
Yoshlar siyosati va sport vazirligi volontorlik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun hujjat loyihasi ishlab chiqdi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda shu yildan boshlab eng yaxshi 5 ta volontorlik loyihasi uchun har biriga 68 mlngacha mablag‘ ajratish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat loyihasi quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqildi:
mamlakatda volontorlik faoliyatini yanada rivojlantirish;
fuqarolarning ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
volontorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar bilan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish;
ijtimoiy vazifalarni hal qilishda volontorlarga ko‘maklashish;
ularning xizmatlari e’tirof etilishini hamda ularning faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmlari takomillashtirish;
yoshlarni volontorlik sohasiga keng jalb qilish, ularga qo‘shimcha qulaylik va sharoitlarni yaratish.
Demak, 2024-yil 1-yanvardan boshlab har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha har bir hududdagi 5 ta eng yaxshi volontorlik loyihasini amalga oshirish uchun volontorlik guruhlari va volontorlik tashkilotlarining volontorlik loyihalarini amalga oshirishga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha (68 mlngacha) miqdorda mablag‘ ajratish amaliyoti joriy etiladi.
Mazkur bablag‘ har bir loyiha uchun alohida, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan beriladi.

“Bunda, har yili volontorlar ishtirokida o‘tkaziladigan yirik tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar volontyor.uz elektron platformasiga joylashtirib boriladi va tadbirlarda ishtirok etadigan volontorlarni platforma orqali elektron ro‘yxatga olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi”, — deyilgan hujjat matnida.

Ushbu loyihaning qabul qilinishi natijasida quyidagilarga erishiladi:
mamlakatda volontorlikni yanada rivojlantirish sohasidagi qonunchilik yanada takomillashtiriladi, mavjud huquqiy bo‘shliq va ziddiyatlar bartaraf etiladi, milliy xususiyatlar va sharoitlar e’tiborga olingan holda xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba tatbiq etiladi;
volontorlikka qiziqishi bo‘lgan ko‘ngilli fuqarolarni volontorlik faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
volontorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar soni oshadi va bu volontorlik faoliyati amalga oshiriladigan sohalarda ish unumdorligi oshishiga olib keladi;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga volontorlarni jalb etish orqali ish tajribasiga ega malakali kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
Hujjatga ko‘ra, qaror loyihasi ishlab chiqishda Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Turkiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Koreya kabi davlatlar tajribasi o‘rganildi. Mazkur davlatlarning ilg‘or amaliy tajribalari inobatga olingan tarzda ushbu loyiha tayyorlandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Yoshlar ishlari agentligi volontorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0