Volodin: NATO mamlakatlari rahbariyati uchun fashistik mafkura odatiy holga aylanib bormoqda

© AP Photo / Virginia MayoPustoy flagshtok mejdu flagami Fransii i Estonii u zdaniya shtab-kvartiri NATO v Brussele
Pustoy flagshtok mejdu flagami Fransii i Estonii u zdaniya shtab-kvartiri NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2024
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi jahon urushi boshlanmasligi uchun hamma narsa qilish kerak.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. NATO mamlakatlari rahbariyati uchun fashistik mafkura odatiy holga aylanib bormoqda, bu yangi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli yo‘l, deb yozdi Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin Telegram kanalida.
“Bayden, Trudo, Sunak, Makron, Shols nafaqat kiyev natsistlarining jinoyatlarini oqlaydi, balki Zelenskiy rejimi tomonidan olib borilayotgan genotsid va terrorizm siyosatiga homiylik qiladi. Bu yangi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli yo‘l”, - deydi Volodin.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda sovet askarlari va ofitserlarining jasorati va qahramonligini eslash ayniqsa muhimdir, chunki “sakson yil o‘tgach, natsizm yana boshini ko‘tarmoqda”. Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan tashqari, yangi jahon urushi boshlanmasligi uchun hamma narsa qilish kerak.
“Bizning burchimiz fashizmni mag‘lub etgan ota-bobolarimiz xotirasini himoya qilishdir. Ular bizga bugun yashash va kelajak uchun rejalar tuzish imkoniyatini berdi”, - deya qo‘shimcha qildi Volodin.
1944 yil 27-yanvarda Sovet qo‘shinlari qahramon shahar Leningradni 872 kun davom etgan nemis fashistlari blokadasidan to‘liq ozod qildi. Bu davrda bir milliondan ortiq odam ochlikdan, fashistlarning o‘qqa tutishidan va havo hujumlaridan halok bo‘ldi. 1944-yil 14-yanvardan 1-martgacha o‘tkazilgan Leningrad-Novgorod strategik hujum operatsiyasi natijasida blokada olib tashlandi.
Yangiliklar lentasi
0