https://oz.sputniknews.uz/20240127/tadqiqot-altsgeymer-kasalligidan-himoyalanishning-oson-usuli-topildi-42240755.html
Tadqiqot: Alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi
Tadqiqot: Alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi
Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqot: Alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi
2024-01-27T15:44+0500
2024-01-27T15:44+0500
2024-01-27T15:44+0500
bu qiziq
salomatlik
kasallik
tadqiqot
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/04/30480744_0:6:2000:1131_1920x0_80_0_0_f5e3d6ff99133a2af0b1678c3c01274e.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Alsgeymer — ko‘proq keksa yoshli insonlarda uchraydigan xastalik. U asta-sekin xotira susayishi, bosh miya faoliyati buzilib, aqliy qobiliyat pasaya borishi bilan namoyon bo‘ladi.Yapon olimlari ushbu kasallik yuzasidan olib borgan izlanishlari natijasida oddiy nafas mashqlari orqali uning oldini olish mumkinligini aniqladi.Keyin ishtirokchilar ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruh har kuni oddiy nafas mashqlarini bajarib bordi. Ikkinchi guruh esa aqliy faoliyati va xotira butunligini saqlashga qaratilgan meditatsiya mashg‘ulotlari bilan band bo‘ldi.O‘z navbatida, haftada bir bor barcha ishtirokchilardan qon tahlillari olinib, Alsgeymer biomarkerlari hisoblangan amiloid-40 va 42 darajalari tekshirib borildi.Ikkinchi guruh natijalari esa xavotirli bo‘ldi: 4 haftalik tajribadan so‘ng ularning qonida beta-amiloidlar darajasi oshgani ma’lum bo‘ldi.Shunga asoslanib, yapon olimlari kuniga 10-15 daqiqa nafas olish mashqlarini bajarish Alsgeymer rivojlanishining oldini olishda samarali usul, degan xulosaga keldi.Eslatib o‘tamiz, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Yer sayyorasida har 3 soniyada bir kishi Alsgeymerga chalinadi. Hozir Yer yuzida 50 milliondan ortiq odam ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. 2030-yilga borib, bu ko‘rsatkich 65 million nafardan oshishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/04/30480744_0:0:1780:1335_1920x0_80_0_0_740dd6108f6623610949fc32d7ea436c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tadqiqot: alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi
tadqiqot: alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi
Tadqiqot: Alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi
Kuniga 10-15 daqiqa nafas olish mashqlarini bajarish Alsgeymer rivojlanishining oldini olishda samarali usul, degan xulosaga kelindi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi,
deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Alsgeymer — ko‘proq keksa yoshli insonlarda uchraydigan xastalik. U asta-sekin xotira susayishi, bosh miya faoliyati buzilib, aqliy qobiliyat pasaya borishi bilan namoyon bo‘ladi.
Yapon olimlari ushbu kasallik yuzasidan olib borgan izlanishlari natijasida oddiy nafas mashqlari orqali uning oldini olish mumkinligini aniqladi.
Tadqiqot uchun 108 nafar ko‘ngilli jalb etilib, ulardan tegishli qon tahlillari olindi va xastalik xavfini ko‘rsatuvchi biomarkerlar tekshirildi.
Keyin ishtirokchilar ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruh har kuni oddiy nafas mashqlarini bajarib bordi. Ikkinchi guruh esa aqliy faoliyati va xotira butunligini saqlashga qaratilgan meditatsiya mashg‘ulotlari bilan band bo‘ldi.
O‘z navbatida, haftada bir bor barcha ishtirokchilardan qon tahlillari olinib, Alsgeymer biomarkerlari hisoblangan amiloid-40 va 42 darajalari tekshirib borildi.
To‘rt haftadan so‘ng tadqiqotchilar hayratlanarli natijaga duch keldi. Birinchi guruhdagi nafas olish mashqlari bilan shug‘ullanuvchilar qonida beta-amiloid miqdori sezilarli darajada pasaygani aniqlandi. Bu ularda Alsgeymer kasalligi rivojlanish xavfi kamayganidan dalolat beradi.
Ikkinchi guruh natijalari esa xavotirli bo‘ldi: 4 haftalik tajribadan so‘ng ularning qonida beta-amiloidlar darajasi oshgani ma’lum bo‘ldi.
Shunga asoslanib, yapon olimlari kuniga 10-15 daqiqa nafas olish mashqlarini bajarish Alsgeymer rivojlanishining oldini olishda samarali usul, degan xulosaga keldi.
Eslatib o‘tamiz, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Yer sayyorasida har 3 soniyada bir kishi Alsgeymerga chalinadi. Hozir Yer yuzida 50 milliondan ortiq odam ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. 2030-yilga borib, bu ko‘rsatkich 65 million nafardan oshishi mumkin.