Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Germaniyalik general: Rossiya rivojlangan logistika tufayli Ukrainadan ustun kelmoqda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota morskoy pexoti v zone SVO
Rabota morskoy pexoti v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2024
Obuna bo‘lish
Kater: Rossiya armiyasi rivojlangan logistika tufayli Ukraina Qurolli kuchlari ustidan ustunlikni qo‘lga kiritmoqda.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiya armiyasi rivojlangan logistika tufayli Ukraina Qurolli kuchlari ustidan ustunlikni qo‘lga kiritmoqda, dedi Germaniya Qurolli kuchlarining iste’fodagi general-leytenanti Roland Kater Welt kanali efirida.
“Endi muhim narsa, havo hujumidan mudofaa bilan bir qatorda, Rossiya Qurolli kuchlarining logistikasiga doimiy zarar yetkazishdir. Chunki hozirda ruslarning qo‘li baland kelganga o‘xshaydi. Ularning qo‘li baland bo‘lishining sabablaridan biri shundaki, ko‘pchilik o‘ylaganidan farqli o‘laroq, ularda yetarlicha materiallar va boshqa xodimlar bor”, - deya tan oldi general.
Uning fikricha, Kiyev G‘arbning uzoq masofali raketalariga muhtoj, ular go‘yoki kuchlar muvozanatini buzishi mumkin.
Moskva G‘arbning harbiy yordami Ukraina uchun yaxshi natija bermasligini va faqat mojaroni cho‘zishini, qurolli transport esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0