https://oz.sputniknews.uz/20240127/dzyudo-baratov-va-keldiyorova-odivelash-gran-prisi-chempioni-boldi-42238609.html
Dzudo: Baratov va Keldiyorova Odivelash Gran-prisi chempioni bo‘ldi
Dzudo: Baratov va Keldiyorova Odivelash Gran-prisi chempioni bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Dzudo: Baratov va Keldiyorova Odivelash Gran-prisi chempioni bo‘ldi
2024-01-27T11:12+0500
2024-01-27T11:12+0500
2024-01-27T11:22+0500
sport
o‘zbekiston
portugaliya
dzudo
musobaqa
oltin medal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/15/41677769_70:508:2809:2048_1920x0_80_0_0_35388f7098fa3131dab34fc29575ab64.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Kecha, 26-yanvar kuni Portugaliyada dzudo bo‘yicha yilning ilk turniri – Odivelash Gran-prisi start oldi. Musobaqaning birinchi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchilar oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Baratov ushbu sport turida joriy yil hisobidan atletlarning ilk medaliga mualliflik qildi. -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Baratov finalda braziliyalik Mishel Augustodan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu g‘alaba Baratovga jahon va Olimpiada reytingi uchun 700 ochko taqdim etadi.Baratovdan so‘ng Diyora Keldiyorova (-52 kg) O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi. Keldiyorova murosasiz kechgan chempionlik bahsida azaliy raqiblaridan biri vengriyalik Reka Pupp ustidan yana bir bor g‘alaba qozondi. Shu bilan Diyora ham o‘z hisobiga oltin medal qatori 700 reyting ochkosini yozdirib qo‘ydi.Musobaqada dunyoning 90 mamlakatidan 624 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
o‘zbekiston
portugaliya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/15/41677769_752:587:2700:2048_1920x0_80_0_0_d0398a501a404d770b046af6db6a8301.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dzudo: baratov va keldiyorova odivelash gran-prisi chempioni bo‘ldi
dzudo: baratov va keldiyorova odivelash gran-prisi chempioni bo‘ldi
Dzudo: Baratov va Keldiyorova Odivelash Gran-prisi chempioni bo‘ldi
11:12 27.01.2024 (yangilandi: 11:22 27.01.2024) Musobaqaning birinchi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Kecha, 26-yanvar kuni Portugaliyada dzudo bo‘yicha yilning ilk turniri – Odivelash Gran-prisi start oldi. Musobaqaning birinchi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchilar oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya
xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Baratov ushbu sport turida joriy yil hisobidan atletlarning ilk medaliga mualliflik qildi. -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Baratov finalda braziliyalik Mishel Augustodan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu g‘alaba Baratovga jahon va Olimpiada reytingi uchun 700 ochko taqdim etadi.
Baratovdan so‘ng Diyora Keldiyorova (-52 kg) O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi. Keldiyorova murosasiz kechgan chempionlik bahsida azaliy raqiblaridan biri vengriyalik Reka Pupp ustidan yana bir bor g‘alaba qozondi. Shu bilan Diyora ham o‘z hisobiga oltin medal qatori 700 reyting ochkosini yozdirib qo‘ydi.
Musobaqada dunyoning 90 mamlakatidan 624 nafar sportchi ishtirok etmoqda.