https://oz.sputniknews.uz/20240126/ozbekneftgaz-geologiya-qidiruv-sohasiga-tatneft-mutaxassislarini-jalb-qildi-42225805.html
“O‘zbekneftgaz” geologiya-qidiruv sohasiga “Tatneft” mutaxassislarini jalb qildi
“O‘zbekneftgaz” geologiya-qidiruv sohasiga “Tatneft” mutaxassislarini jalb qildi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz” geologiya-qidiruv sohasiga “Tatneft” mutaxassislarini jalb qildi
2024-01-26T11:39+0500
2024-01-26T11:39+0500
2024-01-26T13:31+0500
o‘zbekiston - rossiya
tatariston
hamkorlik
o‘zbekneftgaz
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1a/42224449_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_17831d9b84ec23eaa6e56fc9ed64a441.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Tataristonning “Tatneft” OAJ bilan “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida geologiya va geofizika sohasidagi faoliyatni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar berdi.24 yanvar kuni geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida “Tatneft” OAJ bosh direktori o‘rinbosari - bosh geologi Rinat Aflyatunov boshchiligidagi geologlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya “O‘zbekneftgaz” AJda bo‘lishdi.Bundan tashqari, mehmonlar bilan birgalikda geologlar guruhi darajasini kuchaytirish, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va zamonaviy motivatsiya usullarini joriy etish, vakolatlar darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Tashrif davomida, shuningdek, “Tatneft” OAJ delegatsiyasi “O‘zbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” davlat korxonasida 2D va 3D texnikasidan foydalangan holda seysmik tadqiqotlar o‘tkazish, qayta ishlash va talqin qilish sohasidagi faoliyat hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishadi.Shu bilan birga, “Tatneft” OAJ mutaxassislariga “O‘zbekneftgaz” AJ Modellashtirish markazi hamda Burg‘ilashni boshqarish markazida qo‘llaniladigan raqamli yechimlar taqdim etiladi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda mamlakat Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJ oldiga xorijiy, jumladan, Rossiya kompaniyalarini jalb qilgan holda respublikadagi neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish ishlarini faollashtirish vazifasini qo‘ygan.
https://oz.sputniknews.uz/20220428/ozbekistonda-tatneft-yoqilgi-quyish-shoxobchalari-kopayishi-kutilmoqda-24256288.html
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1a/42224449_80:0:1117:778_1920x0_80_0_0_42b97a344269cc0dadc0f8d90a8c0891.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“o‘zbekneftgaz” geologiya-qidiruv sohasiga “tatneft” mutaxassislarini jalb qildi
“o‘zbekneftgaz” geologiya-qidiruv sohasiga “tatneft” mutaxassislarini jalb qildi
“O‘zbekneftgaz” geologiya-qidiruv sohasiga “Tatneft” mutaxassislarini jalb qildi
11:39 26.01.2024 (yangilandi: 13:31 26.01.2024) “Tatneft” OAJ mutaxassislari bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiya ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Tataristonning “Tatneft” OAJ bilan “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida geologiya va geofizika sohasidagi faoliyatni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati
xabar berdi. 24 yanvar kuni geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida “Tatneft” OAJ bosh direktori o‘rinbosari - bosh geologi Rinat Aflyatunov boshchiligidagi geologlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya “O‘zbekneftgaz” AJda bo‘lishdi.
Tomonlar o‘zaro neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv, geologik va geofizik tadqiqotlar usullari, shuningdek tegishli vazirlik va idoralar bilan ishlarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, mehmonlar bilan birgalikda geologlar guruhi darajasini kuchaytirish, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va zamonaviy motivatsiya usullarini joriy etish, vakolatlar darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Tashrif davomida, shuningdek, “Tatneft” OAJ delegatsiyasi “O‘zbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” davlat korxonasida 2D va 3D texnikasidan foydalangan holda seysmik tadqiqotlar o‘tkazish, qayta ishlash va talqin qilish sohasidagi faoliyat hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishadi.
Shu bilan birga, “Tatneft” OAJ mutaxassislariga “O‘zbekneftgaz” AJ Modellashtirish markazi hamda Burg‘ilashni boshqarish markazida qo‘llaniladigan raqamli yechimlar taqdim etiladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Tatneft” OAJ mutaxassislari bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiya ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda mamlakat Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJ oldiga xorijiy, jumladan, Rossiya kompaniyalarini jalb qilgan holda respublikadagi neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish ishlarini faollashtirish vazifasini qo‘ygan.