Xitoy Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quradi

© Ministerstvo energetiki respubliki UzbekistanVetroelektrostansiya. Illyustrativnoe foto
Vetroelektrostansiya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2024
Obuna bo‘lish
Xitoyning “SANY” kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi barpo etadi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Xitoyning kompaniyasi Qoraqalpog‘iston respublikasida shamol elektr stansiyasini barpo etadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “SANY” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi San Venbo bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda kompaniyaning Qoraqalpog‘iston respublikasida shamol elektr stansiyasini barpo etish, shamol turbinalarining butlovchi qismlari, qurilish va og‘ir yuk texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi loyihalarni amalga oshirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
“Davlat rahbari mutasaddilarga erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishini jadallashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, kompaniya shamol turbinalarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi 10 ta kompaniya qatoriga kiradi. Shamol energetikasi qurilmalarini ishlab chiqarish va sotishga, shamol elektr stansiyalarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va boshqarishga ixtisoslashgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda quyosh, shamol va gibrid turdagi elektr stansiyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish bo‘yicha umumiy quvvati 6,3 gigavatt bo‘lgan 28 ta loyiha doirasida ish olib borilmoqda. Shundan 2023-yilda xorijiy investorlar bilan birgalikda umumiy quvvati 2,6 gigavattlik 7 ta loyiha doirasida dastlabki quvvatlar ishga tushirildi.
Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi qachon ishlay boshlaydi?
Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida beshta quyosh fotoelektr stansiyasi, Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasi quvvatlari tarmoqqa ulandi. Bundan tashqari, ayni paytda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy kabi mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda “yashil” stansiyalar va energiya saqlash tizimlarini barpo etish bo‘yicha 12 loyiha ustida ish olib borilmoqda.
Obsujdeni voprosi realizatsii investitsionnoy politiki i razvitiya zelenoy energetiki v novom godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2024
Investitsiyalarni jalb qilish va energetika tizimidagi rejalar ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0